Ijtimoiy tarmoqlarda “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdida sodir bo‘lgan yong‘in aks etgan video tarqalmoqda. “O‘zbekiston temir yo‘llari” holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Unga ko‘ra, yong‘in faqat poyezdni tashish bo‘yicha yordamchi ishlarni bajaruvchi manyovr lokomotiviga ta’sir qilgan. “Afrosiyob” poyezdi yong‘inga uchramagan va ertaga jo‘nab ketadi.
Yonayotgan teplovoz ichida yo‘lovchilar borligi haqidagi da’volar noto‘g‘ri. O‘sha paytda poyezd yo‘lovchilarni tashimagan.
Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni butunlay o‘chirdi. “Afrosiyob” tezyurar elektr poyezdining barcha qatnovlari jadvalga o‘zgartirishlarsiz amalga oshiriladi.
“Afrosiyob” haqida
“Afrosiyob” poyezdlarida 280 dan ortiq yo‘lovchi o‘rindig‘i mavjud. Toshkent—Samarqand yo‘nalishidagi poyezdga 80 foizga to‘lib harakatlangan taqdirda ham, 5000 AQSH dollari evaziga manzilga yetib boradi.
Toshkent—Buxoro yo‘nalishidagi chipta narxi qariyb 32 dollar. U ham taxminiy 80 foiz sig‘imda harakatlansa, bir marta borishga salkam 7000 dollarga chipta sotadi.
Toshkent—Qarshi yo‘nalishidagi chipta narxi esa 338 ming so‘m (26 dollar). Poyezd o‘rtacha 80 foiz yo‘lovchi bilan harakatlangan taqdirda ham 5800 dollardan ortiq daromad qiladi.
Xo‘sh, tezyurar poyezdlar necha pul sarflaydi? Masalan, Janubiy Koreyada bir yo‘nalishda harakatlanish uchun quyidagicha xarajat qilinadi.
- Energiya xarajatlari
- Elektr energiyasi: KTX poyezdlarining energiya sarfi taxminan 4-5 kVt/soat (kilovatt-soat) masofaga bog‘liq. 300 km masofani bosib o‘tish uchun 1,500 - 2,000 kVt/soat energiya sarflanadi.
- Elektr energiyasi narxi: Koreyada 1 kVt/soat energiya narxi o‘rtacha 0,08 - 0,10 dollar. Shunday qilib, 300 km uchun energiya xarajati taxminan 120 - 200 dollar atrofida bo‘lishi mumkin.
- Texnik xizmat va ta’mirlash
- Texnik xizmat xarajatlari yiliga taxminan 1 mln dollar atrofida bo‘lishi mumkin. Har bir sayohat uchun aniq raqamni belgilash qiyin, lekin bu xarajatlar chipta narxida aks etadi.
- Ishchilar va xizmatlar
- Poyezd haydovchilari, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va boshqa ishchilar uchun to‘lovlar ham xarajatlar ichiga kiradi. Har bir sayohat uchun bu xarajat taxminan 1,000 - 3,000 dollar atrofida bo‘lishi mumkin.
- Stansiya xarajatlari
- Poyezdlar stansiyalarida turish va xizmat ko‘rsatish uchun xarajatlar ham mavjud. Bu xarajatlar har bir sayohat uchun 200 - 500 dollar atrofida bo‘lishi mumkin.
Umumiy xarajat
O‘rtacha qilib, KTX (Janubiy Koreya) poyezdi uchun 300 km masofani bosib o‘tish xarajatlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- Energiya xarajatlari: 120 - 200 dollar;
- Ishchilar va xizmatlar: 1,000 - 3,000 dollar;
- Stansiya xarajatlari: 200 - 500 dollar;
Umumiy xarajat: taxminan 1,320 — 3,700 dollar atrofida bo‘lishi mumkin.
Germaniyada bu 300 km masofani bosib o‘tish xarajatlari quyidagicha:
- Energiya xarajatlari: 450 - 600 dollar;
- Ishchilar va xizmatlar: 1,000 - 2,000 dollar;
- Stansiya xarajatlari: 300 - 600 dollar;
Umumiy xarajat: taxminan 1,750 - 3,200 AQSH dollari atrofida.
“Afrosiyob” xarajatlari Yevropadan ikki-uch karra qimmat
“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasining bu boradagi ko‘rsatkichlari bilan ham qiziqdik. Mutasaddilar “Daryo”ga quyidagi smetani taqdim etdi.
Toshkent—Samarqand
Xarajatlar 1 marta harakatlanish uchun:
- Talgo (texnik xizmat ko‘rsatish) — 2387 dollar;
- Infratuzilma (yo‘l, elektr energiyasi, aloqa, xavfsizlik va boshqa temiryo‘l xarajatlari) — 3746 dollar;
- Oziq-ovqat — 662 dollar;
- Vokzallar va chipta rasmiylashtirish xarajatlari — 663 dollar;
- Oylik ish haqi, soliqlar, kreditlar, materiallar va boshqa xarajatlar — 480 dollar;
Jami: 7938 dollar.
Toshkent—Buxoro
- Talgo (texnik xizmat ko‘rsatish) — 3947 dollar;
- Infratuzilma (yo‘l, elektr energiyasi, aloqa, xavfsizlik va boshqa temiryo‘l xarajatlari) — 6142 dollar;
- Oziq-ovqat — 662 dollar;
- Vokzallar va chipta rasmiylashtirish xarajatlari — 783 dollar;
- Oylik ish haqi, soliqlar, kreditlar, materiallar va boshqa xarajatlar — 520 dollar;
Jami: 12 054 dollar.
Toshkent—Qarshi
- Talgo (texnik xizmat ko‘rsatish) — 3334 dollar;
- Infratuzilma (yo‘l, elektr energiyasi, aloqa, xavfsizlik va boshqa temiryo‘l xarajatlari) — 5461 dollar;
- Oziq-ovqat — 662 dollar;
- Vokzallar va chipta rasmiylashtirish xarajatlari — 701 dollar;
- Oylik ish haqi, soliqlar, kreditlar, materiallar va boshqa xarajatlar — 500 dollar;
Jami: 10 658 dollar.
Avvallari mavjud holat haqida bilmagan kishi narxlar oshishini kredit uchun to‘lovga yo‘naltirilayotgan summaning kattaligi bilan bog‘lashar edi. Bizga taqdim etilgan smetada kreditni so‘ndirish xarajatlari eng so‘nggi o‘rinda qayd etilganini alohida ta’kidlab o‘tish kerak.
Bir marta yo‘lovchi tashish uchun harakatlangan poyezdga nega har safar 2-4 ming dollar atrofida texnik xizmat ko‘rsatish kerak? Infratuzilma xarajatlari poyezd xizmatlarini ko‘rsatishda eng ko‘p summani tashkil etmoqda. Demak, chipta narxlarining oshishiga kredit to‘lovlarini amalga oshirishdan ham ko‘proq texnik xizmatlar va infratuzilma xarajatlarini qoplash sabab bo‘lmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, olingan 6 ta tezyurar poyezd uchun tashkilot 20 mlrd so‘m miqdorida yillik to‘lovni amalga oshiradi.
Yevropa va Osiyoning rivojlangan davlatlaridagi xarajatlar biznikidan kam ekani bu tizimda muammolar borligini anglatishi mumkin. Ushbu xarajatlarni O‘zbekistonda kamaytirishning iloji yo‘qmi?
Mutasaddilar narxni oshirishdan boshqa hech qanday yechim yo‘q ekani haqida ma’lum qildi.
Daromadni oshirish uchun reyslar sonini ko‘paytirish, qimmat toifadagi vagonlarni ekonom tipdagilarga almashtirish kabi yo‘llardan foydalanish mumkin.
Hozirda dushanba-payshanba kunlari 10 ta, juma, shanba va yakshanba kuni 12 ta reys amalga oshiriladi. Yuqorida ma’lum qilingan xarajatlardagi raqamlarga ishonilsa, har qo‘shilgan qatnov reysi tashkilot zararini oshiradi.
Bundan tashqari, bugungi kunda temiryo‘l tarmoqlaridan maksimal darajada foydalanilmoqda. Qo‘shimcha reyslarni qo‘shishning hech qanaqasiga iloji yo‘q.
Muammoga yechim sifatida taklif qilingan biznes va lyuks ta’rifidagi vagonlarni ham ekonom ta’rifiga almashtirish kompaniya mutasaddilari tomonidan rad etildi. Aytilishicha, ushbu tipdagi vagonlar uchun doimiy mijozlar mavjud.
Izoh (0)