O‘zbekistoning katta qismida hafta davomida quruq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda “O‘zgidromet” prognozida e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 28-aprel, dushanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat respublikaning eng shimolida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Respublika hududining katta qismida yoz kabi 35-38 darajagacha issiq bo‘ladi. Seshanba va chorshanba kulari havo harorati pasayadi, chorshanba kuniga kelib harorat 25-30 darajani tashkil etadi. Haftaning ikkinchi yarmidan harorat yana ko‘tarila boshlaydi va ish haftasining oxiriga kelib havo 30-33 darajagacha isiydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida seshanba kuni 15-20 daraja atrofida eng salqin kun bo‘ladi, so‘ng harorat asta-sekin 28-30 darajagacha ko‘tariladi.
Respublika hududining katta qismida hafta davomida quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat 29—30-aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarda, 1—2-may kunlari Farg‘ona vodiysi baʼzi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 28—30-aprelda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda 28—30-aprel va 1—2-may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Dushanba kuni kunduzi harorat 36-38 daraja, seshanba kuni 31-33 daraja, chorshanba kuni 26-28 daraja bo‘ladi. Ish haftasining ikkinchi yarmida harorat 29-31 darajagacha ko‘tariladi.
Izoh (0)