“O‘zgidromet” 19—20-aprel kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Prognozlarga ko‘ra, juma va shanba kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Navoiy viloyatining shimolida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati 18-aprel, juma kuni 18-21 darajagacha, shanba kuni 14-17 darajagacha pasayishi davom etadi. 20-aprel, yakshanba kuni kechasi va kunduzi havo nisbatan salqin bo‘ladi, harorat kechasi 5-10 darajagacha pasayadi, kunduzi esa 20-23 darajagacha iliq bo‘ladi.
Yakshanba kuni faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. O‘zbekistonning qolgan hududlarida quruq ob-havo kuzatiladi.
Toshkentda juma kuni kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 18-20 daraja bo‘ladi. Shanba kuni kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8-10 daraja, kunduzi 15-17 daraja bo‘ladi. Yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 7-9 daraja, kunduzi 18-20 daraja bo‘ladi.
Izoh (0)