DXX Bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Agzam Izbosarov vafot etdi. Bu haqda 4-aprel kuni DXX matbuot xizmati xabar berdi.

Agzam Izbosarov “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining elektr tarmoqlaridan foydalanish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, DXX tizimiga ishga o‘tkazilgandi. “Hududiy elektr tarmoqlari”dagi faoliyatidan avval Qurolli kuchlar bosh shtabi Aloqa boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
U texnika fanlari nomzodi (PhD), texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajalariga ega. Agzam Izbosarov 2005-yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aloqa xodimi” faxriy unvoni hamda 2021-yilda “Mardlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Izoh (0)