• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Davlat tashqi qarzi: O‘zbekistonga kimlar kredit bergan va pullar nimalarga sarflanmoqda?

    Davlat qarzining 84 foizi xorijdan olingan kreditlar. O‘zbekistonga xalqaro moliya institutlari nisbatan ko‘proq qarz bermoqda. Yaqin yillarda mamlakat tashqi qarzi miqdori o‘sib borishi kutilyapti. Shu bilan birga, byudjetdan kreditlar foizlarini to‘lash xarajatlari ham sezilarli ortishda davom etadi.

    Tashqi qarz ko‘payib bormoqda

    Mamlakat tashqi qarzi — iqtisodiyot uchun xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy institutlar va boshqalar oldidagi amaldagi kredit majburiyatidir. Bu hali to‘lanmagan, kelajakda belgilangan maʼlum bir muddatda qaytarilishi talab etiladigan qarzlarni o‘z ichiga oladi.

    Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat qarzi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni 2017-yildan beri eʼlon qilib keladi. Vazir Jamshid Qo‘chqorovning aytishicha, davlat kreditlari bo‘yicha raqamlar avvalgi maʼmuriyat davrida maxfiy bo‘lgan.

    “Bir davlat tashkiloti ikkinchi davlat tashkilotiga qarzga oid raqamni berishi uchun tegishli bosh vazir o‘rinbosaridan ruxsat olinardi. Bu ruxsatni olguncha ham odam qon bo‘lib ketardi. Bugun hamma maʼlumotlar ochiq”, degan hozirgi iqtisodiyot va moliya vaziri 2020-yil yozida o‘tkazilgan davlat qarziga oid muloqotda.

    Maʼlumotlarga ko‘ra, 2017-yilda O‘zbekiston tashqi qarzi 7,6 mlrd dollar bo‘lgan. Bu o‘sha paytda yalpi ichki mahsulotning 12,2 foiziga teng edi. Qolgan yillardagi tashqi qarzlar miqdorlari va ularning YIMga nisbatan ulushi quyidagicha:

    • 2018-yil — 9,9 mlrd dollar (18,8 foiz);
    • 2019-yil — 15,7 mlrd dollar (26,2 foiz);
    • 2020-yil — 21,1 mlrd dollar (35,2 foiz);
    • 2021-yil — 23,6 mlrd dollar (34 foiz);
    • 2022-yil — 25,9 mlrd dollar (32,25 foiz);
    • 2023-yil —29,6 mlrd dollar (29,2 foiz).
    Infografika: “Daryo” / Dilbek To‘rayev

    Iqtisodiyot va moliya vazirligi eʼlon qilgan so‘ngi hisobotga ko‘ra, 2024-yilda davlat qarzi 40,2 mlrd dollarni tashkil etgan. Shundan tashqi qarz miqdori 33,7 mlrd dollarga yetgan. Xorijdan kreditlarning 17,9 mlrd dollari qatʼiy belgilangan foiz stavkada, 15,64 mlrd dollari o‘zgaruvchan foiz stavkalarda jalb qilingan.

    Vazirlik Davlat qarzi departamenti direktori o‘rinbosari Behruz Karimovning “Daryo”ga maʼlum qilishicha, eʼlon qilinadigan qarzlar miqdori o‘zlashtirilgan mablag‘lar qoldig‘i hisoblanadi.

    “Agar bu yil 100 million dollarlik qarz shartnomasi imzolansa, umumiy qarz statistikasiga birdaniga shuncha mablag‘ni qo‘shib qo‘ymaymiz. Masalan, olinayotgan mablag‘ 5 yil davomida o‘zlashtirilishi mumkin. Yiliga qancha qismi olingan bo‘lsa, o‘sha yoziladi”, dedi mutaxassis.

    Vazirlik ekspertlari so‘zlariga ko‘ra, 2024-yilda yapon iyenasining sezilarli qadrsizlanishi O‘zbekiston tashqi qarzini 250 million dollarga kamaytirgan. Yaʼni devalvatsiya hodisasi olingan kredit miqdori o‘zgarishiga taʼsir qilmoqda.

    O‘zbekistonga kimlar qarz bergan?

    Davlat tashqi qarzi uch yo‘nalishdagi kreditorlardan jalb qilinmoqda. Jumladan, mamlakat tashqi kreditlarining 57 foizi xalqaro moliya institutlaridan, 31 foizi xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlaridan, qolgan 12 foizi xalqaro investorlardan olingan.

    2024-yil yakuni bo‘yicha respublikaga eng ko‘p kredit ajratgan beshta kreditorni sanab o‘tish o‘rinli. O‘zbekiston qaytarishi kerak bo‘lgan eng yirik kredit Jahon banki tomonidan ajratilgan — 7,63 mlrd dollar. Bu miqdor umumiy tashqi qarzning qariyb 23 foiziga teng.

    Ikkinchi yirik kreditor Osiyo taraqqiyot banki bo‘lib, mamlakatdagi qarz qoldig‘i 7,4 mlrd dollar yoki jami tashqi qarzning 22 foizidir.

    Uchinchi yirik qarzlar xalqaro investorlardan jalb qilingan — 4,1 mlrd dollar. Davlat o‘z daromadlari bilan xarajatlarini qoplay olmay qolganda byudjet taqchilligi paydo bo‘ladi. Defitsit bir necha choralar qatorida qarz olish yo‘li bilan qoplanishi mumkin. Yaʼni davlat qarz olishda turli qimmatli qog‘ozlar, obligatsiyalar, zayomlar chiqarib sotish, moliya muassasasi (bank) dan ssuda olish yoki boshqa usullardan foydalanadi. Shu maʼnoda mamlakat tashqi qarz qoldig‘ining 12 foizi xalqaro sarmoyadorlar tomonidan obligatsiyalarni sotib olinishi orqali jalb qilingan.

    To‘rtinchi yirik qarz beruvchi — Xitoy taraqqiyot davlat banki, Xitoy Eksimbanki va boshqalar hisoblanib, ulardan olingan kredit qoldig‘i 3,76 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Bu umumiy tashqi qarzlarning 11 foizi degani.

    Shu bilan birga, O‘zbekiston Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va boshqalardan 2,9 mlrd dollar qarzdor. Mazkur raqam jami tashqi qarzning 9 foiziga teng.

    Qolgan kreditlar esa o‘nlab moliya institutlari va davlatlar moliya tashkilotlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

    Infografika: “Daryo” / Dilbek To‘rayev

    Qarzlar nimalarga sarflanmoqda?

    Davlat kafolati ostida olingan kreditlar turli yo‘nalishlarga taqsimlab kelinadi. Jumladan, qaytariladigan tashqi qarzlarning qariyb 15,3 mlrd dollari (umumiy miqdorning 45 foizi) davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.

    Kreditlarning 5,74 mlrd dollari yoqilg‘i-energetika sanoatiga ajratilgan (umumiy summaning 17 foizi). Xususan, elektr energetikaga 3,78 mlrd dollar, neft va gaz tarmog‘iga 1,74 mlrd dollarlik kreditlar jalb qilingan. Shu bilan birga, quyidagi sohalarga nisbatan yirik miqdorda tashqi qarz mablag‘lari yo‘naltirilgan:

    • Qishloq va suv xo‘jaligi — 2,9 mlrd dollar (9 foiz);
    • Transport va transport infratuzilmasi — 2,85 mlrd dollar (8 foiz);
    • Sog‘liqni saqlash, taʼlim, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari hamda boshqa sektorlar — 2,45 mlrd dollar (7 foiz).
    Infografika: “Daryo” / Dilbek To‘rayev

    Tashqi qarz yana ko‘payadimi?

    O‘zbekiston davlat qarzi 2025-yil yakunida 45,1 milliard dollarga yetishi prognoz qilinmoqda. Bu yil yakunida kutilayotgan yalpi ichki mahsulotga (125 mlrd dollar) nisbatan 36,7 foizga teng degani. Joriy yilda 5,5 mlrd dollar miqdoridagi tashqi qarz olinishi belgilangan. Shundan 3 mlrd dollari byudjetni qo‘llab-quvvatlashga, qolgan 2,5 mlrd dollari investitsiya loyihalari uchun yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.

    2026-yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 140 mlrd dollardan ortishi prognoz qilinmoqda. Dastlabki tahlillarda makroiqtisodiy hamda fiskal ko‘rsatkichlar barqarorligi taʼminlansa, davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbati kelasi yili 37,9 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bu davlat qarzi 53 mlrd dollardan ortishini anglatadi.

    Tashqi kreditlar miqdori ko‘payishi fonida davlat byudjetidan qarzning foiz to‘lovlarini qaytarish xarajatlari ham orta boshlagan. Masalan, 2023-yilda mazkur maqsad uchun 8 trln so‘m ajratilgan. 2024-yilda esa bu miqdor sezilarli ortib, 14,5 trln so‘mga yetgan.

    Kelgusi yillarda byudjetdan kreditlar foizlari uchun chiqimlar miqdori ortib borishi kutilmoqda. Jumladan, 2025-yilda davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha foiz to‘lovlariga 21,1 trln so‘m, 2026-yilda 30,3 trln so‘m, 2027-yilda 33,8 trln so‘m yo‘naltirilishi prognoz qilingan.

    Qarz ko‘payishi xavfli?

    Dunyoda davlatlar qancha miqdorgacha kredit olishi mumkinligi bo‘yicha aniq meʼyorlar mavjud. Agar olinayotgan qarz belgilangan limitdan oshib ketsa, iqtisodiy oqibatlari yomon bo‘lishi mumkin.

    Iqtisod fanlari doktori, professor To‘lqin Boboqulov “Daryo”ga bergan intervyusida tashqi qarz miqdori mamlakat yalpi ichki mahsulotining 30 foizidan oshmasligi kerakligini aytgan. 2024-yil yakunida O‘zbekiston tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 29,3 foizga yetgan. Lekin yaqin kelajakdagi xorijdan olinadigan qarzlar miqdori iqtisodchi keltirgan raqamdan oshish yoki oshmasligini vaqt ko‘rsatadi.

    2023-yil aprelda “Davlat qarzi to‘g‘risida” qonun qabul qilindi. Hujjatda davlat qarzining miqdori yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi kerakligi belgilandi. 2024-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakat qarziga oid mazkur ko‘rsatkich 35 foizni tashkil etmoqda. Shu bilan birga, har yili davlat qarzi bo‘yicha yillik limitlar kelasi yil uchun byudjet qonunida aks etadi.

    “Ichki qarz bilan davlatning tashqi qarzi qo‘shilsa, yalpi davlat qarzi paydo bo‘ladi. Yalpi qarz mamlakat yalpi ichki mahsulotining 60 foizidan oshmasligi zarur. Nega bunday cheklovlar kiritilgan? Boisi, ayrim davlatlarning tashqi qarzi ko‘payib ketgach, davlatga tegishli aktivlar qonuniy yo‘l bilan olib qo‘yilgan. Shu sababdan biz qarz chegarasini ushlashimiz kerak”, deydi iqtisodchi.

    Yirik xalqaro moliya institutlari rivojlanayotgan davlatlarga past foizli kreditlar beradi. Lekin masalaning yaxshi va yomon tomonlari bor. Qarz olinganiga yarasha iqtisodiy o‘sish bo‘lishi ijobiy jihatdir. Lekin kutilgan natijaga erishilmasa, zarar xalq bo‘yniga yuklanadi. Chunki soliqlarni aholi va tadbirkor to‘laydi. Davlat qarzlari esa xalqning soliqlaridan, yaʼni byudjetdan to‘lanadi.

    To‘lqin Boboqulov
    Foto: “Daryo”

    Yana bir jihat shundaki, agar xorijdan olingan kreditning foiz stavkasi ko‘tarilsa, qarz miqdori ham oshib ketishi mumkin. Bu davlat byudjeti xarajatlari ko‘payishiga, oqibatda ijtimoiy va boshqa yo‘nalishlarga kamroq pul ajratilishiga olib keladi. Tashqi qarz olgan mamlakat dollarni o‘z milliy valyutasiga ayriboshlab, ichki bozorga yo‘naltiradi. Qarzni qaytarish vaqti kelsa, maʼlum miqdorda qadrsizlangan o‘z milliy valyutasi hisobiga jamiyatdan dollar sotib oladi.

    To‘lqin Boboqulovning aytishicha, O‘zbekiston olinayotgan tashqi qarzlarni byudjet kamomadini qoplash uchun sarflanayotgani yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.

    “Tashqi qarzning asosiy qismi mamlakat iqtisodiyotiga, yaʼni real sektorga yo‘naltirilishi kerak. Misol uchun, tashqi qarz hisobidan yangi texnologiyalar jalb qilinishi lozim. Biroq biz tashqi qarzning deyarli yarmini byudjetga yo‘naltirmoqdamiz. Aslida, byudjetning 80-90 foizi noishlab chiqarish xarajati hisoblanadi. Shuning uchun tashqi qarzni byudjetga yo‘naltirayotganimiz O‘zbekiston iqtisodiyotiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi.
    Ikkinchidan, agar davlat byudjetini tashqi qarz hisobidan yopsak, milliy valyutadagi so‘m hajmi ko‘payib ketadi. Bu esa mamlakatda inflyatsiya oshishiga olib keladi. Bundan tashqi, bir necha jiddiy muammolar bor. Shuning uchun tashqi qarz hisobidan byudjetni qo‘llab-quvvatlashga chek qo‘yishimiz kerak”, deydi ekspert.

    Valijon To‘raqulov ham mazkur masalada o‘z mulohazasini bildirdi.

    “O‘zbekiston katta miqdorda tashqi qarz olib yubormagan. Rivojlanayotgan davlatlar uchun tashqi qarz yalpi ichki mahsulotning 40-45 foizini tashkil qilishi kerak. O‘zbekiston tashqi qarz miqdori hali buncha foizga yetmadi”, dedi iqtisodchi.

    Masalaning eng muhim tomoni olinayotgan tashqi qarzdan foydalanish samaradorligi kuchli nazorat qilinishi zarur. Chet eldan qarz olib, pullar maʼlum bir sohaga yo‘naltirdi. Lekin shu soha qarz jalb qilinganidan keyin rivojlandimi? Qancha mahsulot ishlab chiqarildi, undan qanchasi eksport qilindi? Bu kabi savollar javobsiz qolmasligi zarur. Mablag‘lar ishlatilishida shaffoflik bo‘lishi muhim. Masʼullar qancha pul, qaysi korxonaga sarflanayotganini eʼlon qilib borishlari kerak. Afsuski, O‘zbekistonda bunday maʼlumotlar yopiq.

    “Biz mlrd dollarlik qarzlar oldik. Ammo bu tashqi qarz hisobiga moliyalashtirgan ayrim loyihalarimiz o‘zini oqlamadi. Misol uchun, Qashqadaryo viloyatidagi GTL zavodi yoki Qoraqalpog‘istondagi Ustyurt gaz majmuasi. Axir, bu zavodlar qurilganidan keyin mamlakat gaz importini keskin oshirib yubordi. Agar olingan tashqi qarzdan foyda bo‘lmasa, uni ertaga qaytarish muammo bo‘ladi. Keyin kelajakda boshqa sohalar hisobiga qarzni qoplashga to‘g‘ri keladi”, deydi To‘lqin Boboqulov.

    Umuman olganda, hukumat tashqi qarz jalb qilish bo‘yicha belgilanayotgan yillik limitga ham amal qilishi muhim ahamiyatga ega. Masalan, 2024-yilda qarz olish bo‘yicha tasdiqlangan chegara buzildi. Yaʼni byudjet qonuni bilan o‘tgan yil uchun 5 mlrd dollar tashqi qarz olishini bo‘yicha limit o‘rnatilgan edi. Ammo bunga amal qilinmadi. Yil yakunida mazkur miqdor 2,3 mlrd dollar oshirilib, 7,3 mlrd dollarga yetdi. Qonun ijro etilmadi.

    14 mart, 20:00   Izoh (0)   23236
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Islombek Umaraliyev

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston davlat qarzi kelasi yilda 45 mlrd dollardan oshishi kutilmoqda

    18.11.2024, 15:56

    “Agar byudjet taqchilligi bo‘lmasa, tashqi qarzni oshirishga muhtojlik qolmaydi” — Markaziy bank raisi Timur Ishmetov

    23 yanvar, 17:15

    O‘zbekiston davlat qarzi 40 mlrd dollardan oshdi

    27 fevral, 14:57

    Xorijga parvozlar: aviachiptalar Markaziy Osiyoning qaysi davlatida arzonroq?

    14 mart, 17:25

    O‘zbekistonda oltin quymalari narxi yangi rekord darajaga yetdi

    14 mart, 15:30

    Xitoylik investorlar Farg‘onada traktor ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

    14 mart, 14:05
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.