Buyuk Britaniya politsiyasi G‘arbiy Midlenddagi Koventri shahrida 52 yil oldin yo‘qolgan ayolni topdi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
16 yoshli Sheyla Foks 1972-yilda sirli ravishda g‘oyib bo‘lgan. Shundan so‘ng, qizning ota-onasi politsiyaga murojaat qilgan. Ular qizi katta yoshli erkak bilan yashiringan bo‘lishi mumkinligini aytgan. Tergov jarayonida turli farazlar o‘rganilgan, jumladan, Sheyla o‘z xohishi bilan tug‘ilib o‘sgan shahrini tark etgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxmin ham ko‘rib chiqilgan.
Yaqinda politsiya uning suratini “Qidirilmoqda” yozuvi bilan qayta e’lon qilgan. Qidiruv ijobiy natija bergan: huquq-tartibot idoralari 68 yoshli Foksning qayerdaligi haqida ma’lumot olgan.
Yo‘qolgan ayol shu vaqt mobaynida mamlakatning boshqa hududida istiqomat qilgan. Hozirda u xavfsiz joyda va o‘zini yaxshi his qilmoqda. Qizlik payti nega uydan qochgani va ota-onasi bilan aloqani uzgani haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)