Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida buyragini sotish uchun shaharga kelgan 42 yoshli o‘zbekistonlik ayol bedarak yo‘qoldi. Bu haqda 78.ru ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, ayol shaharga 8-mart kuni kelgan. 24-martdan boshlab u aloqaga chiqishni to‘xtatgan. Ayolning opasi singlisidan havotirda ekanini bildirgan. U ham Sankt-Peterburgga kelgan, biroq hozircha bedarak yo‘qolgan ayolning izlari topilmagan.
Ta’kidlanishicha, ayol O‘zbekistonda qarzlari borligi sababli buyragini sotishga qaror qilgan. U qaysi klinikada bu amaliyotni o‘tkazmoqchi bo‘lgani noma’lum. O‘zbekistonda ayolning eri va besh nafar farzandi qolgan.
Izoh (0)