• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonga chekilmaydigan tamaki mahsulotlari olib kirganlar qanday jazolanadi?

    2023-yil 26-avgust kuni “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan.

    Hujjatga asosan, 2024-yil 26-maydan chekilmaydigan tamaki mahsulotlarini O‘zbekiston hududiga olib kirish va sotish taqiqlangan.

    Bunday turdagi mahsulotlar nikotinli snyuslar deb ham aytiladi. Ular tutunsiz va chekilmaydigan tamaki mahsulotlari bo‘lib, so‘rish yoki shimish orqali isteʼmol qilinadi. Tovar tarkibiga o‘simlik xom ashyosi, nikotin va uning hosilalari hamda boshqa ingrediyentlar qo‘shiladi.

    Nikotinli snyuslarni mamlakat hududiga olib kirish va sotish taqiqlanganiga qaramay, tartibga amal qilmayotganlar ham uchramoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar esa ularga qarshi chora ko‘ra boshlagan.

    Bojxona qo‘mitasining “Daryo”ga maʼlum qilishicha, yaqinda qo‘mita xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati, ichki ishlar idoralari hamda Milliy gvardiya vakillari bilan hamkorlikda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida tezkor tadbir o‘tkazgan. Jarayonda avvaldan kuzatuvga olingan ikki shaxs xonadonlari belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan. Ularning birida 2393 dona, ikkinchisida 960 dona chaynaladigan nikotinli mahsulotlar qonunga xilof ravishda saqlanayotgani aniqlangan. Xorijda ishlab chiqarilgan va turli noqonuniy yo‘llar bilan O‘zbekistonga olib kirilgan bu tovarlar qiymati 200 million so‘mdan oshadi.

    Huddi shu kabi mahsulotlarni mamlakatga olib kirishga urinish Sirdaryo viloyatidagi “Sirdaryo” chegara bojxona postida ham aniqlangan. Qo‘shni davlatdan kirib kelgan va salqin ichimliklar ortilgan yuk mashinasi ko‘rikdan o‘tkazilganda, yuklar orasiga 1680 quti chaynaladigan nikotinli mahsulot yashirilgani fosh bo‘ldi. Mazkur mahsulotlarning qiymati 117 million so‘mdan oshadi.

    Toshkent xalqaro aeroportida ham Dubaydan uchib kelgan yo‘lovchilardan birining qo‘l yuki va bagajlarini ko‘zdan kechirish davomida 200 quti chaynaladigan nikotinli mahsulot va 20 dona elektron sigaretlarni olib kirishga urinishning oldini olingan.

    Ekspertlar yuqoridagi holatlarda olib qo‘yilgan mahsulotlarning ayrimlari kontrafakt ekanini taʼkidlagan.

    Prokuratura organlari ham mazkur yo‘nalishda qator nazorat ishlarini olib bormoqda. Masalan, noyabr oyida Toshkent shahri Shayhontohur tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar ushlangan. Ular xorijda ishlab chiqarilgan umumiy bahosi 66,3 million so‘mlik 800 dona “Vello-4” va “Vello-6” nomli chekilmaydigan tamaki mahsulotlarini 5 ming dollarga sotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari ketayotgani ma’lum qilingan. Mazkur modda etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritishni nazarda tutadi.

    Shu bilan birga, prokuratura xodimlari joriy yil 23-dekabr kuni ham huddi shu kabi holatga barham berdi. Bunda Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi savdo do‘koni sotuvchisi xaridorga “Ubbs” nomli tamaki mahsulotini 90 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Do‘kondan tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 493,4 million so‘mlik turli nomdagi 8519 quti tamaki hamda 1328 dona elektron tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Mazkur holat yuzasidan ham Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

    Jinoyat kodeksiga ko‘ra, tamaki mahsulotlarini noqonuniy ravishda ko‘p miqdorda sotish yoki shunday harakatlarni maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin qayta sodir etish BHMning 200 baravaridan 400 baravarigacha (75 million so‘mdan 150 million so‘mgacha) jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari, yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Mazkur turdagi mahsulotlarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish BHMning 200 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari, yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Agar mazkur jinoyatlar takroran sodir etilsa, jazolar yanada og‘irlashadi.

    Chekilmaydigan tamaki mahsulotlari O‘zbekiston bozoriga bir necha yillar ilgari kirib kelgan. “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonunning baʼzi moddalari ushbu mahsulotlarni aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida keng tarqalishini oldini olishga qaratilgan. Biroq, yuqorida keltirilganidek, qonunga bo‘ysunmayotgan, mamlakatga kontrabanda yo‘li bilan tamaki mahsulotlarini olib kirib, sotayotgan, millatni zaharlayotgan kimsalar ham yo‘q emas. Ularga qarshi kurashish nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, balki jamoatchilikning ham vazifasi bo‘lib qolmoqda.

    Sheriklik huquqi asosida.

    25.12.2024, 10:30   Izoh (0)   2944
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada jazo o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolarining bolalari olib kelindi

    25.12.2024, 08:57

    Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga yetib bordi (foto)

    25.12.2024, 08:18

    50 yillik tarix: “Zarafshon” savdo markazi yubileyini nishonladi

    25.12.2024, 08:07

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida haydovchi jarohatlandi

    24.12.2024, 22:45

    Salkam 1 mlrd so‘mga sotilgan avtomobil raqami, yangi yil bayramida 6 kun dam oladigan o‘zbekistonliklar, Islomiy moliyaviy xizmatlar kengashiga a’zo bo‘lgan Marka...

    24.12.2024, 22:43

    O‘zbekistonda 2025-yili sog‘liqni saqlash sohasiga 41 trln so‘m ajratiladi

    24.12.2024, 19:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20

    Qadimgi Misr diyetasi: mashhur piramidalar quruvchilari qanday ovqatlangan?

    Layfstayl | 18 iyul, 22:05

    Bir qator mamlakatlarda Google ishida uzilishlar yuz berdi

    Dunyo | 18 iyul, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.