• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Boyovut hokimi Dilfuza Uralova fermerni haqoratladi. Hokim jazolanishi mumkin

    Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralova fermerlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishda fermerlarni ko‘p yerni egallab olib, rejani bajara olmayotganlikda aybladi. Bu haqda “Kun.uz” nashri xabar berdi.

    Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

    Maʼlum qilinishicha, yig‘ilish asosan hokimning fermerlarga nisbatan haqorati bilan o‘tgan. Hududdagi paxta “planini” bajarmagan fermerlar nomma-nom sanalib, ular nega terimni tashkil qilmayotgani tanqid qilingan.

    “Mard bo‘lib, g‘allani ekib, maysaday qilib yurmaysanmi? Nima qilasan yerni olib, eplolmayotgan bo‘lsang tashla. 100 gektar bo‘lsa, 20 gektarga kuching yetadimi, 10 gektargami yoki 50 gektargami, bilasan-ku o‘zing necha gektarga kuching yetishini, noinsof”, degan hokim fermerlarga qarata.

    Yig‘ilish jarayonida Dilfuza Uralova tumandagi “Abdumandat ota farzandlari” fermer xo‘jaligi raisi Shuhrat Hojiyevni haqorat qilgan. Bunga javoban fermer hokimdan hurmatini saqlashni so‘ragan. Hokim esa haqoratga ham qoniqmasdan, IIBga uni qamab qo‘yishni buyurgan.

    Ro‘yxatni o‘qib turgan xodim “Abdumandat ota farzandlari” fermer xo‘jaligining 40 gektar paxta dalasi borligi, 109 tonna majburiyat belgilangani, hozirda 80 tonna hosil topshirganini aytgan. Shundan so‘ng hokim va fermer o‘rtasidagi suhbat shunday kechgan:

    — Opa, ikkinchi terim shunday turibdi, pashti 30 gektar.

    — Harom, men borib terdirib kelaymi, nega terdirmaysan? A, Nimaga?! Gap eshitish osonmi? Nega terdirib qo‘ymaysan? Nega bajarib qo‘yib kerilmaysiz?

    — Bajaramiz.

    — Nimaga shu vaqtgacha bajarmading?

    — Shu paytgacha vaqt bo‘lgani yo‘q.

    — Iye, nega vaqt bo‘lmaydi?

    — Opa, vaqt bo‘lmadi, g‘alla ekdim.

    Suhbat shu nuqtaga kelganida hokim fermerga kuch ishlatgan va “padaringga laʼnat, eshak”, deya haqorat qilgan. Fermer esa marhum otasini haqorat qilmaslikni so‘ragan. “Bilasanmi mening padarim qachon o‘lib ketgan? Tegma padarimga”, degan u. Hokim esa “Tegaman, yuz marta teginaman, noinsof. Iflos, nimaga qilib qo‘ymading?” deya javob qaytargan.

    Janjaldan keyin fermer yig‘ilish o‘tkazilayotgan xonadan olib chiqib ketilgan. Dilfuza Uralova esa yonidagi xodimga IIBga aytishni, oyoq-qo‘lini bog‘lab olib ketib, qamab qo‘yishni buyurgan.

    Maʼlumot uchun, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, fermer xo‘jaliklarining xo‘jalik faoliyatiga davlat organlari hamda boshqa organ va tashkilotlar, shuningdek, ularning mansabdor shaxslari aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Boyovut tumani hokimligi matbuot xizmatining “Kun.uz”ga maʼlum qilishicha, mazkur yig‘ilish 25-oktyabr kuni o‘tkazilgan.

    Sirdaryo viloyati hokimligi holat yuzasidan munosabat bildirdi. 

    Qayd etilishicha, audioyozuvning haqqoniyligi, holat qachon, qayerda va qanday vaziyatda yuz berganiga oydinlik kiritilib, viloyat hokimligi Odob-axloq komissiyasi yig‘ilishida keskin tanqidiy muhokama etilgan.

    “Komissiya tomonidan ushbu xatti-harakatlar davlat xizmatchisi etikasi va odob-axloq qoidalarini buzish deb baholandi. O‘z navbatida tuman hokimi holat bo‘yicha tushuntirish berib, yuzaga kelgan vaziyatdan pushaymonligini aytdi. Ikkinchi tomon bilan suhbatlashgani, o‘zaro munosabatlaridagi yoqimsiz hodisaga to‘liq barham berilganini bildirdi.

    Hozirda yig‘ilish bayonnomasi asosida Dilfuza Uralovaga nisbatan tegishli tartibda intizomiy jazo choralarini ko‘rish uchun viloyat hokimiga taqdimnoma kiritilgan”, deyiladi hokimlik munosabatida.

    Dilfuza Uralova 2020-yilning fevral oyida Boyovut tumani hokimi etib tayinlangandi. U 2012-yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

    2022-yilning fevral oyida Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralova Xalq deputatlari tuman kengashining 34-sessiyasida o‘zining kengash raisi maqomini deputatlarga topshirgandi.

    01.11.2024, 21:25   Izoh (0)   9811
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Dilfuza Uralova#Boyovut#fermerni haqoratladi#fermer#gʻalla#haqoratladi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Boyovut tumaniga ayol kishi hokim etib tayinlandi

    18.02.2020, 13:29

    “Xalq banki” boshqaruvi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    18.02.2020, 22:27

    Yakkasaroy tuman soliq inspeksiyasiga ayol kishi rahbar bo‘ldi

    27.03.2020, 07:41

    “Qo‘sha-qo‘sha ortiqcha uylar va biznes loyihalar qilolmaganmiz”. Ayol hokimlar daromadlar deklaratsiyasiga doir qonun loyihasi haqida

    15.01.2021, 08:54

    Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralova koronavirusga chalinib, sog‘ayganini ma’lum qildi

    09.03.2021, 10:34

    “Bir umrlik orzum shu”. Boyovut tumani hokimi O‘zbekistonda birinchi bo‘lib kengash raisligini deputatlarga topshirdi

    08.02.2022, 13:14

    Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy soha xodimlaridan bir guruhini mukofotladi 

    24.08.2024, 19:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Falastinga nasbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.