• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qo‘sha-qo‘sha ortiqcha uylar va biznes loyihalar qilolmaganmiz”. Ayol hokimlar daromadlar deklaratsiyasiga doir qonun loyihasi haqida

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi amaldorlarning daromadlari deklaratsiya qilinishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi. 2019-yilda Bandlik va mehnat munosabatlari tayyorlagan qonun loyihasidan farqli o‘laroq (vazirlik loyihasi bo‘yicha, ushbu tartib 2020-yil 1-yanvardan joriy etilishi kerak edi), agentlik taklif qilayotan loyihada quyidan tortib yuqorigacha bo‘lgan barcha mansabdorlar, hatto prezident va bosh vazir ham deklaratsiya to‘ldirishi taklif qilingan. Hujjat loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama qilinmoqda.

    Mavzuga doir:

    • “Buning nimasidan qo‘rqish kerak?”. O‘zbekiston hukumati a’zolari daromadlarni deklaratsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasiga ijobiy munosabatda
    • “Tezroq amaliyotga joriy qilish kerak”. DSQ, Markaziy bank, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari mas’ullari daromadlar deklaratsiyasiga doir qonun loyihasi haqida
    • “Amaldorlarning qanday soat taqishigacha nazorat qilish lozim”. Bosh vazir o‘rinbosarlari — daromadlar deklaratsiyasiga doir qonun loyihasi haqida
    “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov ushbu masala yuzasidan ayol hokimlarning ayrimlariga murojaat qilib, ularning fikri bilan qiziqdi.

    “Tadbirkorlik ham qiluvchi mansabdorlarga qiyin bo‘lishi mumkin” – Gavhar Alimova, Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi, senator

    Foto: Madina Nurman / “Daryo”

    Foto: Madina Nurman / “Daryo”

    “O‘zim amaldor bo‘lsam-da, juda oddiy oiladan chiqqanman. Meni xavotirga soladigan katta boyligim yo‘q. Ochig‘ini aytsam, Toshkentda ham uyim bor. Ammo uni kreditga xarid qilganman. Samarqanddagi xonadonim ham, avtomashinamiz ham kreditga olingan. Ortiqcha mol-dunyom yo‘q, boyvachcha emasman. Ushbu qonun loyihasining ishlab chiqilib, qabul qilinayotgani juda to‘g‘ri ish bo‘lmoqda. Oila a’zolarimning ham yillik daromadi deklaratsiya qilinishidan xavotirlanmayman.

    Daromad deklaratsiyasini to‘ldirish mansabdor bo‘la turib, tadbirkorlik faoliyatini ham yurituvchilar va poraxo‘rlar uchun qiyin bo‘ladi, nazarimda. Lekin ular ham mol-mulkini qarindosh-urug‘ining nomiga olib qo‘yishi mumkin. Afsuski, bizda shunaqa odat bor — darrov birovning nomiga ish qiladi, birovning nomiga olib qo‘yadi. Biznesini ham birovning orqasidan yuritadiganlar yo‘q emas. Go‘yoki o‘zi oppoq, sof poraxo‘r bo‘lmay turadi-da, birovning nomidan ish qiladi. To‘g‘rimi? Buni o‘zingiz ham yaxshi bilasiz. Yana bir bor ta’kidlamoqchiman, ushbu qarorga munosabatim juda ijobiy va uni qo‘llab-quvvatlayman”.

    “Mahalliy budjetlarning oshishiga olib keladi” — Dilfuza Uralova, Boyovut tumani hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi

    Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

    Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

    “Bugun mamlakatimizda har bir sohada islohotlar amalga oshirilyapti. Yangi O‘zbekistonga yangicha qarash va yangi qonunchilik bilan kirib boryapmiz. Tuman hokimi va senator sifatida bu qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlayman, amaldorlar, albatta, daromadlar deklaratsiyasini to‘ldirib borishi kerak. Mazkur tartib birinchi o‘rinda shaffoflikni ta’minlaydi, ikkinchidan mahalliy budjetlarning oshishiga olib keladi. Eng muhimi, korrupsiyaning oldi olinadi va davlat tizimida ishlaydigan rahbarlarning halol, pok yashashiga xizmat qiladi, degan fikrdaman. Daromadlar deklaratsiyasini to‘ldirish xotirjam yashashning ham bir omili hisoblanadi.

    Hisobli bu dunyoda har bir narsaning hisobotini berib borsak, faqat yaxshi bo‘ladi, deb o‘ylayman. Baribir ertaga shuncha narsani hech kim ko‘tarib ketolmaydi. Onaning qornidan qanday tug‘ilgan bo‘lsak, ertaga u dunyoga ham qo‘limizda hech narsasiz ketamiz. Hayotimiz yo‘lida faqat o‘zimiz emas, farzandlarimiz va qarindoshlarimiz ham harakat qilsagina, yo‘l ochilaveradi, daromad kelaveradi. Asosiysi, har bir ishimizda baraka bo‘lsin. Buning uchun esa pok ishlab, mard va erkin bo‘lib yurishingiz lozim. Yillar davomidagi xulosalarim asosida shuni aytamanki, ushbu qaror loyihasi amaliyotga joriy qilinsa, bank va qurilish sohasidagi amaldorlar deklaratsiya to‘ldirishda qiynalishi mumkin”.

    “Deklaratsiya to‘ldirish meni xavotirga solmaydi” — Zulayho Mahkamova, To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi:

    Foto: To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati

    Foto: To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati

    “Prezidentimiz tomonidan hokimliklarga tizimli ravishda e’tibor qaratilgan, maoshim ham yaxshi. Qo‘shimcha daromad topish maqsadida tomorqamizdan samarali foydalanamiz, mol boqamiz. Oilamiz a’zolarining hammasi mehnat qiladi, ish haqqi olishadi. Ularning daromadi ham deklaratsiya qilinishiga ijobiy qarmayman. Ortiqcha daromadimiz yo‘qligi tufayli 2009-yili kreditga uy olganman. O‘n ikki yildan beri kredit to‘lab kelaman. Mashinamiz ham kredit hisobiga kelgan. Har oyda oladigan maoshimizdan ma’lum miqdorda o‘tkazamiz. Oilamizning to‘rt nafar a’zosi ham ishlaydi. Birimiz uy, yana birimiz avtomashina kretidini to‘laymiz. Qolganlarning oyligi kundalik ehtiyojlar uchun ishlatiladi. Demoqchimanki, bizda qo‘sha-qo‘sha ortiqcha uylar va boshqa mol-mulklar yo‘q, biznes loyihalar ham qilolmaganmiz. Shu bois ham daromadlar deklaratsiyasini to‘ldirish meni xavotirga solmaydi.

    Bu qarorning qabul qilinayotgani juda quvonarli holat. Mazkur tartib yo‘lga qo‘yilsa, boshqaruv tizimidagi bir qancha muammolar yuzaga chiqadi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganilib, yechimi topiladi, deb umid qilaman”.

    “Amaldorlar ham rizqiga yarashasini yeydi” — Sadbarxon Mamitova, Bo‘ston tumani hokimi.

    Foto: Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati

    Foto: Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati

    “Har bir inson ehtiyojiga yarasha hayot kechirsa bo‘laveradi. Ortiqcha narsa Yaratganga ham xush kelmaydi, deb o‘ylayman. Ko‘p yillar turli tashkilotlarda rahbar sifatida faoliyat yuritgan bo‘lsam-da, ammo yashash tarzim oddiy. Olti sotix uyda yashayman, oilaviy ahvolim boy ham, o‘ta kambag‘al ham emas, ammo o‘z ehtiyojim uchun barcha sharoitni yaratganman. Menimcha, inson beshala barmog‘ini og‘ziga teng tiqsa, tiqilib qolsa kerak. Har bir odam qanday yo‘l orqali daromad topsa ham, baribir rizqiga yarashasini yeydi. Amaldorlar ham xuddi shunday.

    Daromadlar deklaratsiyasiga doir qonun loyihasiga munosabatim juda yaxshi. Amaldorlarning daromadini ham hisob-kitob qilish vaqti keldi nazarimda. Aslida rahbarlik lavozimi ham bir vazifa, imkoniyat. Lekin shuni suiiste’mol qilib, barcha mansabdorlar nomiga putur yetkazayotganlar ham, afsuski, bor. Deklaratsiya tizimi yo‘lga qo‘yilsa, amaldorlarning bankdagi hisobraqami, omonatlari, pul aylanmalari ham hisob-kitob qilinsa kerak, deb o‘ylayman”.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda Prezidentga ham yil davomida ishlab topgan puli haqida hisobot topshirish majburiyati yuklatilishi mumkin

    15.01.2021, 08:54   Izoh (0)   28843
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bektemir tumani hokimi Jahongir Ibrohimov Yunusobod tumani hokimi etib tayinlandi

    15.01.2021, 08:42

    O‘zbekistonda o‘zboshimcha va noqonuniy qurilgan binolar egasi endilikda javobgarlikka tortilishi mumkin

    15.01.2021, 07:56

    “Buzilganda bunaqa mayda-chuyda bo‘lib ketgan binoni birinchi marta ko‘ryapman” – Qurilish vaziri Jizzaxdagi qulagan bino sabablari haqida

    15.01.2021, 07:50

    Samarqandda Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyi tashkil etiladi

    15.01.2021, 07:12

    O‘zbekistonda sudyalarga maosh endi davlat budjetidan ajratiladi

    15.01.2021, 06:56

    “Bunga qachongacha chidaymiz”. Andijonda boshlang‘ich sinf o‘quvchisi buzilgan ko‘prik masalasida hokimga murojaat qildi

    15.01.2021, 06:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bir qarashda zararsiz ko‘rinsa-da, ammo sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan kundalik buyumlar

    Maslahatlar | 25 iyun, 13:03

    O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston rahbarlari an’anaviy mo‘g‘ul bellashuvlarini tomosha qildi (foto)

    O‘zbekiston | 25 iyun, 12:54

    Nima uchun yozda bosh ko‘p og‘riydi?

    Maslahatlar | 25 iyun, 12:54

    O‘zbekistonning barcha hududlarida harorat pasayishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 25 iyun, 12:10

    “Lion” quyi divizionga tushirib yuborildi

    Sport | 25 iyun, 12:05

    AQSH razvedkasi Eron yadro obyektlari to‘liq yo‘q qilinganini tasdiqlamadi — CNN

    Dunyo | 25 iyun, 11:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.