• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “To‘yga chiqsam bo‘g‘ilaman”. Shohida va Mahmud Ismoilovlarning kuyovi hozirgi san’atkorlar va vaynerlarni tanqid qildi

    Milliy teatr aktyori, Shohida va Mahmud Ismoilovlarning kuyovi Baxtiyor Yusupov “Daryo”ga bergan intervyusida to‘ylarga chiqmasligi, faqat aktyorlikdan pul topishni xohlashi haqida gapirib, qiziqchi hamda vaynerlarning hozirgi bir marta ko‘rishli, 18+ videolarni tanqid qildi.

    — Siz tomoshabinlarga ko‘proq qanday ampluada ko‘rinasiz?

    — Rostini aytsam, bir qolipga tushib qolmaslikka harakat qilaman. Drama, tragediya va komediya janrida ham maromiga yetkazib rol ijro etishga intilaman. O‘zim yaxshi ko‘rgan rol — Otabekni o‘ynayotganda oxirida qiynalib ketaman. Kumushga zahar berilgan sahnada hissiyotga berilib ketaman. Rol tabiiy chiqishi uchun aktyor qahramonning o‘rniga o‘z dardini, yarasini qo‘ya olishi kerak. Birinchi qatorda o‘tirgan tomoshabinga aktyor rolni tabiiy o‘ynamayotgani seziladi. Baqiradigan sahnalarda tomoshabin cho‘chib ketmasa, demak, u qahramonni his qilyapti. Aksincha qo‘rqitib yuborsangiz, rolingiz notabiiyligi shunda bilinadi. Rol o‘ynayotgan vaqtda aktyorning xayoli to‘yda yo boshqa narsalarda bo‘lsa, bu yaqqol seziladi.

    Shaxsan o‘zim hozir to‘ylarga bormayman, 7-8 yillar avval chiqqanman, albatta. Guruhimiz bo‘lardi, qo‘shiq aytardim, hozir esa buni yig‘ishtirganman. Sababi to‘y mening ishim emas. To‘g‘ri, yaxshi pul topardim, bir oyda kamida 10-15 ta to‘yga chiqardik. Lekin to‘yga borish ayb emas, yomonlashdan yiroqman.

    Bu kasbimiz — odamlar bizni teatrda ko‘rgandan keyin hurmat qilib to‘yimni o‘tkazib bering deb, eshikdan chiqishimni kutib turadi. Lekin uzr so‘rab, chiroyli rad qilaman. Kasbimdan kelib chiqib, o‘z sohamdan pul topishni istayman, qo‘shiq aytishni bilganim uchun emas. To‘yga chiqsam bo‘g‘iladigan bo‘lib qolibman.

    Foto: “Daryo.uz”

    — Har bir aktyorning o‘z xohishi bo‘ladi, o‘zingizga qolsa qanday rollarni ko‘proq o‘ynagan bo‘lardingiz? Yoki rol tanlamaysizmi?

    — Tanlayman. Komediya janridagi filmda tushishni xohlayman, sababi u qiyin janr. Fikr-xayol faqat rolda bo‘lishni talab qiladi. Komediyada yuzingizni qiyshaytirib, qandaydir qiliqlar bilan tomoshabinni kuldirish mumkin, lekin bu uzoqqa bormaydi. Komediya — yuksak madaniyatdan kelib chiqadi, deb bir rejissyor ko‘p aytardi.

    Oldingi komediyalarni eslaylik, Ergash Karimov kabi ustozlar qanday rollar o‘ynardi?! Ularning kinodagi gap-so‘zlari xalqqa singib ketgan. Kinolarda bitta dublda o‘n daqiqalik kadrlar olingan. Chunki ularda kitob o‘qish oddiy hol bo‘lgan, hozir yoshlar kitob o‘qiyotganini ko‘rmayapman.
    Hozirgi vaynerlarni qarang, bir marta ko‘ramiz, qaytib ko‘rilmaydi. Sanʼat arzon bo‘lib ketdi. Qiziqchilardan Avaz Oxun bor, uni qolganlar bilan solishtirganda Avaz Oxun bitta. Qolganlari bir martalik “hiring-hiring”lar.

    Ularni oldingizdan chiqib qolganda ko‘rmasangiz, o‘zingiz qidirib topib ko‘rmaysiz. Hozirgi qiziqchilarning so‘z boyligi chegaralangan — “beldan past mavzusi”ni olib chiqishadi, lekin yaxshi mavzulari ham yo‘q emas.

    — Gitara chalmaganimga ham 8-9 yil bo‘lib qolgandi, intervyuga tayyorlanaman deb 3-4 kun avval qo‘limga gitarani olib o‘tirsam qaynotam Mahmud Ismoilov “Xo‘sh, nima kuy bastaladingiz” deb qoldi (kulib). Mahmud Ismoilov va Shohida Ismoilova ikkinchi ota-onam. Uyda ham, ular bilan ham sanʼat mavzusida suhbatlashamiz.

    Foto: “Daryo.uz”

    — Fikringiz qiziq: bugun internetda yolg‘on, bo‘htonlar ko‘p. Shuni qanday to‘xtatsa bo‘ladi, qaysi omil bilan?

    — Andijonlik bir akam bor, shu kishiga ko‘chani qarang, aka, buzilib ketyapti, deb o‘zimcha bir gapirgandim. “Tasavvur qil: ko‘cha jazirama issiq, ko‘chaga havo sovitgich qo‘yib bo‘lmaydi. Nima qilsa bo‘ladi? Har kim o‘z uyiga, ofisiga sovitgich qo‘yadi. Shu orqali hamma o‘zini isloh qiladi. O‘zgarishni, yaxshilanishni o‘zimizdan boshlasak, atrof ham o‘zgaradi” degandi. Mening ham internetga munosabatim shunday.

    Videoni to‘liq holda “Daryo Lifestyle” kanalida tomosha qiling.

    02.10.2024, 19:43   Izoh (0)   30745
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Shohida Ismoilova#Mahmud Ismoilov#Avaz Oxun#vayner

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Aktrisa Shohida Ismoilova turmush o‘rtog‘i Mahmud Ismoilov og‘ir kasallikni boshidan o‘tkazgani haqida gapirib berdi (video)

    06.02.2022, 20:25

    Avaz Oxun 7 yil farzand ko‘rmagani, fitnaga uchrab, uch xonalik uyning puliga kuygani haqida (video)

    17.07.2022, 11:52

    “Bo‘yim haqidagi hazillarga e’tibor bermayman”. O‘zbekistondagi eng mitti vayner — Erali oyiga 20 ming dollar topishi hamda qo‘lida 70 kishi ishlashi haqida (vide...

    19.07.2022, 15:07

    Instagram: 40 ming dollarga mashina xarid qilgan Zinnura, Diyorbek Mahkamov ukasining dabdabali to‘yi, onasiga uy sovg‘a qilgan vayner

    17.08.2022, 22:34

    Instagram: Vayner Java Rasulov uylandi, o‘zbekning “chechasi” — Aziza Begmatova 66 yoshda, Ziyoda xonadonida hashar

    07.09.2022, 22:04

    Instagram: Zohid Risqiyevning ahvoli qanday? Yangi mashinali bo‘lgan Xoliqjon vayner, Nilufar Usmonova xonadonidagi bayram

    30.09.2022, 22:50

    Instagram: Komadan chiqa olmayotgan Zohid Risqiyev, Mitti vaynerning Kia avtomobilini pachoq qilishdi, Zarina Yo‘ldosheva avariyaga uchradi

    08.10.2022, 22:41

    Instagram: Xotirasi to‘liq tiklanmayotgan Zohid Risqiyev, Parizodaga qo‘yilgan qo‘rqinchli tashxis, yangi uy xarid qilgan Xoliqjon vayner

    17.01.2023, 22:48

    Vayner Xoliqjon uylandi. Buxoroda o‘tkazilgan to‘y gala-konsertga aylanib ketdi (video)

    29.10.2023, 23:12

    “To‘yim kuni yo‘qolib qolganmiz” — tasodifan aktyor bo‘lgan, ustozining filmidan tanilgan va vaynerlikda omadi kelgan Asqar Hikmatov 36 yoshda (foto, video)

    21.12.2023, 11:40

    Vayner Azoda turmush o‘rtog‘i bilan tanishuvi, 35 ming dollar sarflangan to‘yi, eng qimmat reklamasi haqida so‘zlab berdi

    05.02.2024, 11:55

    “Avaz Oxunni yomon ko‘raman” — Nikulinning “nabirasi” bo‘lgan Botirxon Imomxo‘jayev teatrga ishga kirmaganidan afsuslanadi (foto, video) 

    15.03.2024, 17:47

    Vayner Xoliqjon Samadov 7 sutkaga, uning to‘rt nafar sherigi 5 sutkaga qamaldi

    19.03.2024, 22:50

    “Bukri bo‘lib qolishim mumkin edi” — mushtumzo‘r, ko‘rsatuv sabab taqiqqa uchragan va IELTSʼdan 7,5 olib vaynerlik qilayotgan Xonzoda Do‘stova 29 yoshda (foto)

    28.03.2024, 10:19

    “Shunchalik xunukmanmi, nega rolga olishmaydi?” — aktyorlik mahorati past baholangan, birorta rolga tasdiqlanmagan va to‘rt yil ichida mashhur vaynerga aylangan Bo...

    03.04.2024, 14:45

    Instagram: BMW X7 xarid qilgan Jaloliddin Ahmadaliyev, mashinasini turtib olgan Yorqinxo‘ja Umarov, stadionda quvlashmachoq o‘ynagan Avaz Oxun

    08.04.2024, 10:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.