Statistika qo‘mitasi 2024-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra Xitoy 8 mlrd AQSH dollari bilan bu ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda.
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlatlar:
- Xitoy – 8 mlrd AQSH dollari;
- Rossiya – 7,7 mlrd;
- Qozog‘iston – 2,6 mlrd;
- Turkiya – 1,9 mlrd;
- Koreya – 1,3 mlrd;
- Turkmaniston – 805 mln;
- Fransiya – 744 mln;
- Germaniya – 679 mln;
- Afg‘oniston – 668 mln;
- AQSH – 614 mln.
Statistika qo‘mitasi yuqoridagi raqamlar yaxlitlanganini ham eslatib o‘tdi.
Izoh (0)