Livanning “Hizbulloh” shia harakati Eron hukumatidan Isroilga hujum uyushtirishni so‘ragan, biroq Tehron rad javobini bergan. Bu haqda G‘arb va Isroil diplomatlariga tayanib, Axios portali xabar berdi.
![](/static/2024/09/25/photo_2024-09-25_22-30-12-Gj70d3G0.jpg)
OAV xabarlariga ko‘ra, “Hizbulloh” Erondan 31-iyul kuni Tehronda HAMAS harakatining siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyani yo‘q qilgani uchun Isroilga javob qaytarishni so‘ragan. Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning BMT Bosh assambleyasining 79-sessiyasida ishtirok etishi rejalashtirilgani sababli rasmiylar bunga javob berishning “hozir vaqti emas”ligini aytgan.
Yahudiy amaldorning so‘zlariga ko‘ra, Isroil rasmiylari mamlakat armiyasidan Erondan javob qaytarishga undaydigan harakat qilmasliklarini so‘ragan.
17 — 18-sentyabr kunlari Livanning turli hududlarida peyjerlar va ratsiya qurilmalarining ketma-ket portlashi sodir bo‘lganidan so‘ng Yaqin Sharqdagi vaziyat yanada keskinlashdi.
19-sentyabr kuni Isroil Livan hududiga havo hujumlari uyushtirgan. 23-sentyabr kuni Isroil mudofaa kuchlari “Hizbulloh”ga qarshi “Shimol o‘qlari” deb nomlangan qarshi operatsiya boshlaganini e’lon qilgan.
Izoh (0)