Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat urushga tayyorgarlik ko‘rishi kerakligi haqida ma’lum qildi.
Belarus yetakchisi, shuningdek, “bu urush bo‘lmasligini” tilagan.
“Eski formula: agar siz tinchlikni xohlasangiz, urushga tayyorlaning. Yana bir bor ta’kidlamoqchimanki, biz jang qilmoqchi emasmiz, jang qilishni xohlamaymiz. Bularning barchasi allaqachon aytilgan. Raqiblarimiz, bizga qarshi jang qilishga tayyorlanayotganlar bu gaplari eshitadi, lekin o‘z bilganlaridan qolmaydi. Shuning uchun biz urushga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Bu urush bo‘lishidan esa Xudo asrasin!”, deydi Lukashenko Brest viloyatidagi Obuz-Lesnovskiy harbiy poligonidagi uchrashuvda.
Shu bilan birga, Lukashenko Belarus atrofida vaziyat qanchalik keskin bo‘lmasin, hozirda respublikaga qarshi urush boshlash tendensiyasi kuzatilmayotganini ta’kidlagan.
Avvalroq Lukashenko har qanday xorijiy kuchning Belarusga hujumi Uchinchi jahon urushining boshlanishi ekanini aytgan edi.
“Men raqiblarimizni hamda hali ham tushunmayotganlarni ogohlantirmoqchiman. Bizga hujum qilish kerak emas. Belarusga hujum Uchinchi jahon urushidir”, degan edi u.
Izoh (0)