Jizzax viloyati Zomin tumanida ikkita kelinning sarpolari MIB tomonidan olib berildi. Bu haqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Mamlakatda er-xotin birgalikdagi turmushi davomida orttirilgan mulklarini bo‘lish, shuningdek, kelin o‘ziga tegishli mol-mulklarini olishda kelib chiqadigan nizolar Oila kodeksi bilan tartibga solinadi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning fuqarolar N.R. va G.A. foydasiga kelin bo‘lib tushgan uyidan mol-mulk (kelinlik sep)larini olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari byuroning Zomin va Sh.Rashidov tuman bo‘limlariga kelib tushgan.
Davlat ijrochilarining olib borgan ijro harakatlari natijasida qarzdorlardan xolislar ishtirokida hujjatda ko‘rsatilgan barcha mol-mulklari olib berildi.
Shuningdek, ijro hujjatlarining ijrosi amalda tamomlandi.
Seplarini MIB orqali undirgan kelinlar
Bundan avval Farg‘onada ajrashganiga to‘rt oy bo‘lgan kelin sarpolarini MIB orqali qaytarib olgani haqida xabar berilgandi.
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida kelin erining uyidan seplarini, 7 turdagi mulklarni MIB orqali undirib olgan. Shuningdek, Andijon viloyatida kelin erining uyidan seplarini, 43 turdagi buyumlar, uy jihozlari va anjomlarini MIB orqali qaytarib olgandi.
Shu kabi Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida kelinning sepi erining uyidan MIB orqali olib berilgan edi. Olib berilishi lozim bo‘lgan qarib 15 million so‘mlik 46 atamadagi sep mol-mulklar daʼvogarga olib berilib, sud qarori ijrosi amalda taʼminlangan.
Izoh (0)