Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida ikki kelin o‘z sarpolarini erining uyidan MIB orqali qaytarib oldi. Bu haqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
![](/static/2024/03/26/sarp-clYc89WS.jpg)
Aytilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor G‘.A.dan undiruvchi M.T.ning foydasiga 17 turdagi mol-mulklarini olib berish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati byuroning Bog‘ot tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushadi. Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida undiruvchining mol-mulklari to‘liqligicha o‘ziga olib berildi va ijro hujjatining ijrosi tamomlandi.
Bundan tashqari, ushbu sudning qarzdor R.M.dan undiruvchi B.S.ning foydasiga 53 xil turdagi 26,4 million so‘mlik mol-mulklarini olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati byuroning Bog‘ot tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida undiruvchining mol-mulklari to‘liqligicha o‘ziga olib berilib, ijro hujjatining ijrosi ta’minlandi.
Izoh (0)