Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 19-turidan o‘rin olgan o‘yin 22-sentyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Turning markaziy o‘yinida “Nasaf” “OKMK”ni qabul qildi. Uchrashuvning 9-daqiqasida Javohir Sidiqov hisobni ochdi. Bo‘lim oxirida esa Sidiqov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.
Ikkinchi bo‘limda esa darvozalar ishg‘ol etilmadi va qarshiliklar 2:0 hisobidagi g‘alabani rasmiylashtirdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Nasaf” ochkolari sonini 44 taga yetkazdi va yetakchilikni yanadan mustahkamladi.
Superliga
19-tur
23-sentyabr, dushanba
“Nasaf” – “OKMK” 2:0
Gollar: Javohir Sidiqov, 9 (1:0), Javohir Sidiqov, 42 pen (2:0).
“Nasaf”: 35. Abduvohid Ne’matov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 9. Javohir Sidiqov (14. Sharof Muxitdinov 66), 19. Stefan Cholovich (8. Zafarmurod Abdirahmatov 79), 22. Igor Golban, 28. Shuxrat Muhammadiyev, 32. Zoran Marushich, 34. Sherzod Nasrullayev, 70. Jambuli Jigauri (23. Kuach Yuel 79), 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich (10. Bobir Abdixoliqov 65).
“OKMK”: 35. Javohir Ilyosov, 3. Sardor Rahmonov, 4. Mirjamol Qosimov, 5. Giorgi Papava, 7. Dilshodbek Ahmadaliyev, 9. Ruben Sanchez (99. Irakli Ruxadze 59), 10. Xurshid G‘iyosov (21. Saidafzalxon Axrorov 71), 11. Kleydi Dasi, 15. Oybek Rustamov, 19. Mixael Klepach (18. Aziz Xolmurodov 59), 22. Shohruh Gadoyev (77. Nodirbek Abdurazzoqov 71).
Izoh (0)