• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Davlat jilovining bir ipi qo‘limda, deb xohlagan ishni qilish kerak emas” — Davron Kabulov “Raygaz” bilan sudlashgani haqida (video)

    “Million” jamoasi sardori Davron Kabulov YouTube’dagi “Daryo” Lifestyle kanaliga bergan intervyusida mehmonxona biznesi bo‘yicha sudlashgani, qaysi sohadan ko‘proq daromad olishi va afsonaviy “Sitora” guruhining yakkaxon konsert dasturi haqida gapirdi.

    Foto: “Daryo”

    — O‘tgan yili avgust oyida shaxsiy mehmonxonamiz ishga tushdi. Ikki yarim oy ishlagandan keyin Yakkasaroy gaz taʼminoti prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan birga kelib, mehmonxonani nishonga olishdi. Ikki yillik davr uchun 387 million so‘m jarima qo‘llashdi. Undan keyin ham olti oyga yaqin vaqt o‘tdi, ammo hali mehmonxona buncha daromad topgani yo‘q. Menimcha, ular tadbirkorlarni shu tarzda “qo‘llab-quvvatlashyapti”.

    Dadam mehmonxonaga gaz taʼminoti ulangandan keyin AQSHga ketdilar. Ammo u paytda hali mehmonxona ishga tushmagan edi. Yaʼni AQSHga ketmasdan avval sertifikat olish, GOST standartidan o‘tkazish kabi ishlarni amalga oshirib, mehmonxona ishga tushgandan keyin tuman gaz taʼminoti bilan shartnoma tuzib, gazni ulash kerak bo‘lgan. Ammo u jarayonda dadam Toshkentda bo‘lmaganlar. Ungacha bo‘lgan davrda mehmonxona ishlamaganini hamma biladi. Gaz taʼminoti esa ularga ariza topshirgan vaqtimizdan to bugungi kungacha bo‘lgan davrda quvurdan qancha gaz o‘tishi mumkin bo‘lsa, o‘shancha mablag‘ni hisoblab berishdi. Bu xuddi qishda ham yozda ham kuniga 24 soat tinimsiz gazdan foydalanilgan, degandek gap. Xullas, “Daryo”ga bergan intervyuda bu haqda aytganimdan keyin “Raygaz”dagilar mendan ranjishibdi.

    Qizig‘i, ular otamga bir yil xorijga chiqishi uchun taqiq qo‘yishi va shuncha million jarima solishganiga indamay ketishim kerak ekan. Agar men ularning otasiga bir og‘iz yomon gap gapirib ko‘ray, qanaqa ahvolga tushisharkan. Davlat jilovining bir ipi qo‘limda ekan, deb xohlagan ishini qilish kerak emas, deydi Davron Kabulov.

    Suhbat davomida u bir vaqtning o‘zida bir nechta faoliyat turi bilan shug‘ullanishi va qaysi biridan ko‘proq daromad olishi haqida gapirdi.

    Foto: “Daryo”

    — Hech bir ish bilan faqat daromad olish uchun shug‘ullanmayman. Agar maqsadim faqat pul topish bo‘lsa, pulni bankka qo‘yib qo‘yishim ham mumkin. Albatta, hech qachon bundan qilmayman. Agar shug‘ullanayotgan ishi insonga zavq bermasa, bir kun kelib undan zerikadi. Mehmonxona biznesi, to‘y xizmatlari, tashkilotchilik, video platforma, ishlab chiqarish — hammasidan zavq olaman.

    O‘zbekistondagi eng yaxshi va qimmat boshlovchi bo‘lish uchun umrimning bir qismini sarfladim. Hozir-ku, u daromadimning asosiy manbayi emas. Ammo “To‘y qilsam, Davron Kabulovni aytaman”, deb niyat qilgan insonlar bor. Ularning xohishini “o‘ldirish”ni istamayman. Shu bois vaqtimni taqsimlash va hamma ishga ulgurishga harakat qilaman, deydi Davron Kabulov.

    Dekabr oyida afsonaviy “Sitora” guruhining yakkaxon konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Unda AQSHda yashayotgan Feruza Latipova ham ishtirok etadi. Davron Kabulov nega guruhning yakkaxon konsert dasturiga prodyuserlik qilayotgani haqida gapirdi.

    — Bir yili “Million”ning konsertiga “Sitora” guruhini taklif etdik. Ularning muxlislari ko‘lami qay darajada ekanligini yaxshi bilaman. O‘ttiz yoshdan oshgan insonlar orasida guruhning muxlislari nihoyatda ko‘p. Ular yoshlik damlarini eslash uchun ham konsertga tashrif buyurishadi, deb o‘ylayman. Men konsertdan daromad olish haqida o‘ylayotganim yo‘q, o‘zim shu ishdan zavqlanyapman. Shu bois uch kunlik konsertlarini o‘tkazishga qaror qildim, deydi Davron Kabulov.

    Videoni quyida to‘liq holda tomosha qiling.

    23.09.2024, 13:58   Izoh (1)   42365
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. werzodbotirov75@gmail.com / 23.09.2024, 19:48

      Million xar doyim oldinda bo'ladi Inshallah

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Kosmos”dan “Million” va “Dizayn”ning saviyasidagi konsertni kutish kerak emas — Davron Kabulov o‘zi prodyusserlik qilgan jamoaning raqobatchi bo‘lishidan qo‘rqadi...

    12.10.2023, 14:50

    “Million”ning eski tarkibi qachondir birlashishi mumkinmi? Davron Kabulov ushbu savolga javob berdi (video) 

    16.04.2024, 21:40

    “Sabriga qoyil qoldim, men o‘zimga javob berolmasdim”. Davron Kabulov Botir Qodirov va Jo‘rayevlar o‘rtasidagi kelishmovchilik haqida (video)

    20.09.2024, 20:01

    Suratga olish maydonchasida qaysar fe’l-atvori bilan barchaning hafsalasini pir qilgan aktyorlar

    23.09.2024, 10:35

    Instagram: Amerikada konsert beradigan Hamdam Sobirov, ikkinchi bor ota bo‘lgan Aziz Rametov, farzandini Argentinada dunyoga keltiradigan Munisa Rizayeva

    22.09.2024, 22:08

    “Titanik”da Rozaning onasi rolini ijro etgan aktrisa hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    21.09.2024, 15:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.