• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Buyuk Britaniyada atom chiqindilarining muammosi qanday hal etiladi?

    BBC saytida Buyuk Britaniyada yadroviy chiqindilar utilizatsiya bilan bog‘liq muammoga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi. Quyida e’tiboringizga ana shu maqolani havola qilamiz.

    Buyuk Britaniyada joylashgan Sellafild atom kompleksida atom elektr stansiyalarini harakatga keltirish natijasida yuzaga kelgan radioaktiv chiqindilar to‘plangan.

    Bristol universiteti radioaktiv chiqindilarni boshqarish bo‘yicha professor Kler Korxillning aytishicha, “yadroviy chiqindilardan ajraladigan element odam tanasidagi hujayralarga kirib borish, zarar yetkazishga qodir nurlanishlar tarqatadi va 100 000 yildan keyin ham xavfli bo‘lib qoladi”.

    Ombor sig‘imi qisqarishda davom etmoqda va ekspertlarning fikricha, yadroviy material uchun yangi joy topishdan boshqa yo‘l yo‘q.

    Foto: Getty Images

    Buyuk Britaniyada Yadro energetikasi “2030 ekologik toza energiya” tashabbusining bir qismi bo‘lsa-da, yadroviy energiya xuddi shuncha miqdorda yadroviy chiqindilar yuzaga kelishini anglatadi.

    Sellafild yonilg‘i bilan ishlov berish zavodida operatorlar bir metr qalinlikdagi qo‘rg‘oshin bilan qoplangan oyna ortidan robot qo‘llarni masofadan boshqara oladi.

    Issiq va yuqori radioaktiv yadro yoqilg‘i tayoqlari joystikli retro o‘yin kabi robot qo‘llar yordamida tortib olinadi.

    Bu murakkab jarayon hech qachon to‘xtamaydi. Sellafild stansiyasida 11 000 xodim kuniga 24 soat davomida ishlaydi. 25 milya yo‘l bilan bog‘langan 1000 dan ortiq binolarni o‘z ichiga olgan ushbu jarayonni davom ettirish uchun yiliga 2 milliard funt sterlingdan ko‘proq mablag‘ sarflanadi.

    Biroq so‘nggi yillarda obyekt xavfsizligi va yaxlitligiga doir shubhalar paydo bo‘lmoqda.

    Eng qadimgi yadroviy chiqindi saqlash stansiyasidan radioaktiv suyuqlik oqib chiqmoqda. Stansiya boshqaruvchisi Sellafield Ltd kompaniyasining ma’lum qilishicha, 1970-yillarda boshlangan jarayon bugungi kunda qaytalanmoqda.

    Sellafild, shuningdek, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bilan bog‘liq muammoga duch keldi. Iyun oyida obyekt tizimlariga xakerlik hujumi sodir bo‘lgani aniqlandi. Shunga qaramay, Yadroviy tartibga solish idorasi xakerlar “hech bir ma’lumotga daxl qilmagan” deya ta’kidlamoqda.

    Bu mojarolarning barchasi yadroviy chiqindilarni qabul qilish bilan bir qatorda bir necha o‘n yilliklar davomida saqlab kelingan radioaktiv moddalar muhofazasiga soya soldi.

    Obyektda yadroviy material ishlab chiqarish yoki qayta ishlash to‘xtatilganiga qaramay, bu yerdan Sovuq urush paytida yadroviy qurollar uchun plutoniy ishlab chiqarish uchun foydalanildi.

    “Bu atom asrining boshlanishi edi. Ammo tig‘iz vaziyatda chiqindi materiallarni saqlash yo‘llari haqida batafsil o‘ylanmadi”, deydi Sellafildning operatsiyalar bo‘yicha direktori Roddi Miller.

    O‘tgan asrning 60-yillarida qurilgan, obyekt bo‘shatilishi kerak bo‘lgan binolardan biri bo‘lsa-da, yangicha shaklda qayta tiklanishi mumkin. Bino faqat chiqindilarni saqlashga mo‘ljallangan bo‘lib, endilikda binoni buzish muammoning eng xavfsiz yechimi bo‘lib qolmoqda.

    Stansiyaning innovatsiyalar bo‘limi boshlig‘i Alison Armettning ta’kidlashicha, “aniq yechim” ishlab chiqilmasa, mavjud rejalar kechiktirilishi mumkin.

    Hozirda ushbu “aniq yechim” chiqindilarni yer ostiga ko‘mish bo‘lib qolmoqda.

    Bugungi kunda chiqindilarni odamlardan butkul uzoqlashtirish uchun ilmiy va siyosiy chora-tadbirlar davom etmoqda.

    Foto: Getty Images

    “Bu  zararli moddalarni insoniyatdan va kelajak avloddan uzoq tutmoq lozim”, deydi professor Korkxill.

    Professor radioaktiv chiqindilarni saqlash yo‘llarini o‘rganib, yadroviy chiqindilarni qayta ishlash mumkin bo‘lgan eng barqaror, inert moddani qidirmoqda.

    “Radioaktiv moddalarni shisha, keramika yoki uran toshlariga o‘xshash materialga aylantiramiz”, deb tushuntirdi u. Sellafildda radioaktiv chiqindilar zaxirasi xuddi shu tarzda barqarorlashtiriladi.

    Doimiy yer ostida saqlash rejasida radioaktiv moddalar po‘lat, shisha, beton bilan qoplanib, tosh qatlamlari ostiga ko‘miladi.

    Bu obyektning manzili qayerda bo‘ladi? “Muzokaralar davom etmoqda”, deya javob berildi bu savolga.

    Olti yil oldin, Angliya va Uels o‘z shahar yoki qishloqlari yaqinida utilizatsiya inshooti qurilishini qo‘llab-quvvatlovchi aholi punktlarini izlagan.

    Bu tanlovda geologiya muhim faktorlar qatoridan o‘rin oladi — hududda yetarli darajada qattiq tosh mavjud bo‘lishi kerak. Biroq yana bir omilni unutmaslik lozim, bu — ahil jamoa.

    Aholi punktlarining ushbu muhokamadagi ishtiroki uchun moliyaviy mukofotlar ham mavjud. Hozirgacha besh shaharcha talab bildirgan bo‘lsa, ularning ikkitasi rad etildi. Qattiq toshlar yetishmovchiligi tufayli Kambriyadagi Allerdeyl shahri yaroqsiz deb topildi. Yorkshir shtatidagi Saut Holderness maslahatchilari esa sentyabr oyidagi bir qator noroziliklardan so‘ng o‘z xohishlariga binoan muhokamadan chekinishdi.

    Hozirda olimlar qolgan uch jamoa orasida muzokaralar olib bormoqda. Geologlar seysmik sinovlar orqali suv o‘tkazmaydigan modda qatlamini qidirmoqdalar.

    Ko‘rib chiqilayotgan tanlovlardan biri G‘arbiy Kambriyadagi Sellafild maydoniga juda yaqin.

    Mahalliy kengash deputati Devid Murning aytishicha: “Mavzu jiddiy tus olmoqda. Biz allaqachon bu chiqindilar tufayli zarar ko‘rmoqdamiz va barchamiz ular uchun xavfsiz joy topishni xohlaymiz. Mening yetti nabiram bor va ular uchun yadro chiqindilaridan xoli muhit yaratishni xohlayman”.

    Mazkur hududda kerakli miqdorda qattiq toshlar mavjudmi yoki yo‘q, hali aniq emas. Bu yer va boshqa ko‘rib chiqilayotgan joylar bilan muzokaralar kamida o‘n yil davom etishi rejalashtirilgan.

    Foto: Getty Images

    Ayni paytda, muhokamalar davom etmoqda va geologik utilizatsiya obyekti (GDF) uchun ko‘rib chiqilayotgan har bir jamoa ilmiy sinovlar davrida yiliga 1 million funt sterling sarmoya oladi.

    Mur GDF hamkorlik qo‘mitasi a’zosi bo‘lib, qo‘mita tarkibiga mahalliy aholi, hukumat va ushbu loyiha ortida turgan davlat organi vakillari kiradi.

    Ushbu hamkorlik jarayon shaffofligini ta’minlash va mahalliy aholi orasida ogohlikni kuchaytirishga qaratilgan. Moliyaviy resurslar sarfi ham ular tomonidan belgilab beriladi.

    “GDF qurilishiga milliardlab funt sterling sarmoya kiritiladi. Agar bu ishni Buyuk Britaniya nomidan bajarmoqchi bo‘lsak, jamiyat ham bundan foyda olishi lozim”, deydi Mur.

    Shuningdek, ro‘yxatda Kambrian qirg‘og‘idagi Janubiy Kouplend va Linkolnshirning sharqiy qirg‘og‘idagi bir qator yerlar ham mavjud.

    Teddletorpning mahalliy qishloqlaridan birida aholi 2021-yilgi Xellouin bayramidan foydalanib, utilizatsiyaga qarshi kampaniya olib bordi.

    Yaqin atrofdagi Mabletorp shahridan bo‘lgan Ken Smit bir vaqtning o‘zida kampaniya guruhi hamda mahalliy GDF hamkorligining a’zosi.

    Uning fikricha, hukumatning yadroviy chiqindilarni ko‘madigan joy topishga bo‘lgan yondashuvi shubhali.

    Smit jabrlanuvchilar so‘ziga quloq tutilmasligidan va muhokamalar so‘ngida mahalliy aholining fikri inobatga olinmasligidan xavotirda ekanligini bildirdi.

    Energiya va Net Zero departamentining ta’kidlashicha, GDF “eng xavfli radioaktiv chiqindilarning batamom utilizatsiyasini ta’minlaydi”.

    Foto: Getty Images

    Professor Korxillning fikricha GDF eng xavfsiz yondashuv. “Biz yerdan uran qazib, ulardan energiya olamiz va bu utilizatsiya qurilmasi mohiyatan ular yana yerga qaytariladi, deydi u. — Uran ko‘p yillar davomida xavfsiz tarzda utilizatsiya qilingan”.

    Buyuk Britaniyada izlanish, tajriba almashinish va muzokaralar davom etmoqda. Referendumda jamiyat tomonidan yakuniy baho berilgandan keyingina GDF qurilishi boshlanadi. Obyekt faoliyatining boshlanishi esa 2050-yillarga to‘g‘ri keladi.

    Ungacha chiqindilar Sellafildda saqlanishda davom etadi.

    “Biz bu mamlakatda 70 yil davomida atom energetikasidan foydalanib kelamiz. Ammo ortda qoldirganlarimizni qayta ishlashdan hali ancha yiroqmiz. Yadroviy energiya istiqboli — radioaktiv chiqindilar borasida ko‘proq bosh qotirishimiz kerak”, deydi professor Korxill.

    11.09.2024, 15:47   Izoh (0)   2762
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘istonda AES qurilishi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi 

    20.08.2024, 19:09

    Rossiya yana bir davlatda AES quradi 

    03.09.2024, 23:50

    Qozog‘iston AES bo‘yicha referendumga 32,1 mln dollar sarflamoqchi

    04.09.2024, 12:50

    Medvedev migrantlar oilasini Rossiyaga olib kelishini taqiqlashni taklif qildi

    11.09.2024, 13:13

    Isroil HAMAS rahbariga hayotini saqlab qolish evaziga kelishuv taklif etdi

    11.09.2024, 12:15

    Putin Turkiyaga safari uchun qiruvchi samolyotlar hamrohlik qilishini talab qildi — OAV

    11.09.2024, 10:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Lukashenko kartoshkalarni Rossiyaga “munosib narxlarda” sotishni buyurdi

    Dunyo | 29 may, 15:31

    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

    Reklama | 29 may, 15:00

    Birga suratga tushish 550 dollar: Uill Smit sahnaga qaytmoqda

    Kino | 29 may, 15:16

    Kanada Yevropa Ittifoqining qurollanish dasturiga qo‘shiladi

    Dunyo | 29 may, 15:00

    Bu kadrlar tasodifan o‘ylab topilgan: aktyorlarning eng mashhur improvizatsiyalari

    Kino | 29 may, 14:50

    O‘zbekiston va Italiya strategik sherikligini mustahkamlash bo‘yicha deklaratsiya imzolandi

    O‘zbekiston | 29 may, 14:43

    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul!

    Reklama | 29 may, 13:30

    Amerikalik qiz manti tugishni o‘rgatib minglab dollar ishlab topmoqda

    Layfstayl | 29 may, 14:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.