Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya bahslari davom etmoqda.
Para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida J2 klassida -73 kg vazn toifasida bahs olib borayotgan Uchqun Quronboyev sovrindorga aylandi.
Uchqun bronza medal uchun kechgan bellashuvda Kim Dongunga qarshi tatamiga chiqdi va g‘alabaga erishib, delegatsiya hisobiga navbatdagi bronza medalni qo‘shib qo‘ydi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining bronza medallari sonini 6 taga, umumiy medallari soni esa 22 taga yetdi.
Izoh (0)