Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya bahslari davom etmoqda.
Para dzyudo bo‘yicha ayollar o‘rtasida J2 klassida -57 kg vazn toifasida final bahsida ishtirok etgan hamyurtimiz Kumush Xojayeva yaponiyalik Xirose Junkoga qarshi tatamiga chiqdi.
O‘zbekistonlik sportchi hal qiluvchi bellashuvda imkoniyatni boy berdi va delegatsiya hisobiga navbatdagi kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining kumush medallari sonini 7 taga, umumiy medallari soni esa 21 taga yetdi.
Izoh (0)