Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya bahslari davom etmoqda.
Para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida T44 klassida balandlikka sakrash dasturida final bahsi yakunlandi. Quvonarlisi, ushbu yo‘nalishda ishtirok etgan o‘zbekistonlik Temur G‘iyosov 2.03 metr natija qayd etgan holda bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Mazkur natija O‘zbekiston delegatsiyasi medallar hisobini 9 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronzaga yetkazdi. Hozirda delegatsiya hisobidagi medallar soni esa 20 taga yetdi.
Izoh (0)