Transport vaziri Ilhom Mahkamov Germaniya elchisi Manfred Huterer bilan uchrashuvda Lufthansa aviakompaniyasining O‘zbekistonga qatnovlarini tezda tiklashiga umid bildirdi.
Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuv davomida tomonlar transport va logistika sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bilan bog‘liq qator masalalarni yuzasidan fikr almashdi. Germaniyaning transport sohasidagi kompaniyalari Rhenus, Deutsche Bahn, DB Engineering & Consulting, DB Schenker va boshqalar bilan hamkorlik rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlab o‘tildi.
Lufthansa 1993-yildan 2001-yilgacha Toshkentdan Frankfurtga doimiy yo‘lovchi reyslarini amalga oshirgan. Yo‘nalish 2001-yil 11-sentyabr hodisalaridan so‘ng aviatashuvlarga talab tushib ketgani munosabati bilan yopilgan. Reyslar 2010-yilda qayta tiklangan, biroq tez orada yana to‘xtatilgan.
2010-yilda aviakompaniya Toshkentga parvozlarni tikladi, biroq keyinchalik yana bekor qilgan. So‘nggi yillarda parvozlarni yana tiklash imkoniyatlari bir necha bor muhokama qilindi.
Izoh (0)