Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim hukumat Ukrainada ham, G‘azo sektorida ham mojarolarni hal etish tarafdori ekanligini ma’lum qildi.
“G‘arb davlatlarining bu boradagi xatti-harakatlari ikkiyuzlamachilikdir, chunki ular axloqiy tamoyillardan butunlay voz kechgan”, dedi u RT bilan suhbatda.
U falastinliklarga qarshi vahshiylik qilinayotgani, G‘arb davlatlari esa prinsiplardan butunlay voz kechgani va u bundan hayratda qolganini ta’kidlagan.
Ibrohimning so‘zlariga ko‘ra, Malayziya tinchlik tarafdori va boshqa davlatga zarba berishi uchun mojaro ishtirokchilaridan hech biri tomonidan qurollanishni kuchaytirishni qo‘llab-quvvatlamaydi.
“G‘arb bu masalada “noaniq pozitsiya”da hamda ikkiyuzlamachilik qilmoqda”, deya xulosa qilgan siyosatchi.
Izoh (0)