2024-yilning 27-fevral kuni Prezident boshchiligida Toshkent shahrida sanoat, infratuzilma va turizmni rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, poytaxt hududida “gastronomik ko‘cha”lar tashkil etish taklifi ilgari surilgan edi. Shundan so‘ng Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantirilishi haqida xabarlar e’lon qilindi.
22-iyul kuni Mirobod tumani hokimligi Telegram kanalida mazkur ko‘chaning bir qismi barcha turdagi transport harakati uchun yopilgani bildirilib, qurilish va ta’mirlash ishlari boshlandi.
5-avgustga kelib bunyodkorlik ishlari davomida yoritish ustunlari, o‘rindiqlar va chiqindi urnalari, dekorativ daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish, sug‘orish tizimlari, audio musiqa tizimini tashkil etish, dekorativ arka va ustunlar, fotozonalar uchun dekorativ elementlar o‘rnatish, piyodalar yo‘laklari, veloyo‘laklar va zamonaviy o‘rindiqlar tashkil etish, bolalar o‘yingohi va ko‘rgazmali sahna o‘rnatish kabi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgani yozildi.
“Daryo” fotomuxbiri sentyabrning ilk kunlarida ushbu ko‘chada bo‘lib, ishlarning borishini kadrlarga muhrladi.
Izoh (0)