Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Abduqodir Husanov jarohati sababli Shimoliy Koreyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Bu haqida O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shifokorlarning tavsiyasiga ko‘ra, futbolchining kichik jarohati jiddiy ko‘rinish olishidan saqlash maqsadida murabbiylar shtabi uni maydonga tushirmaslikka qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi JCH—2026 3-saralashidan o‘rin olgan bahs bugun, 5-sentyabr kuni 19:00 da start oladi.
Izoh (0)