Saudiya Arabistonining Makka shahridagi shifoxonalardan birida fevral oyidan buyon davolanayotgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
O‘zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, u shu yilning yanvar oyida oila a’zolari bilan ziyorat qilish uchun Saudiya Arabistoniga kelgan va keyinchalik insult tashxisi bilan Makka shahridagi Ibn Sino kasalxonasiga davolanish uchun yotqizilgan.
Fuqaroning viza muddati tugashi va mamlakatdan chiqib ketishga taqiq qo‘yilgani tufayli O‘zbekistonga qaytishga bo‘lgan barcha urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Shu vaqt davomida O‘zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi uning oilasiga zarur maslahat yordamini ko‘rsatgan va diplomatlar Saudiya sayyohlik kompaniyalaridan biri bilan birgalikda vatandoshni O‘zbekistonga qaytarilishida ko‘maklashdi.
Barcha masalalar hal etilgach, 22-avgust kuni bemorning uyiga parvozi uchun yo‘l hujjatlari rasmiylashtirilib, shifoxonadan Jidda xalqaro aeroportiga zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan yetkazilishi ta’minlandi.
Natijada joriy yilning 23-avgust kuni fuqaro va uning o‘g‘li shifokor hamrohligida Toshkentga jo‘natildi.
Izoh (0)