Navoiy viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi “Asilbek-Med” xususiy korxonasining 2023-yil 13- dekabrdagi litsenziyasini bekor qilish yuzasidan sudga murojaat qilinganligidan norozi bo‘lgan tadbirkor biznes ombudsmandan yordam so‘radi.
Aniqlanishicha, Karmana tumanlararo iqtisodiy sudida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan korxona litsenziya talablarini buzganligi ko‘rsatilib, xususiy korxonaga nisbatan moliyaviy jarima solish va litsenziyasini bekor qilish so‘raldi.
“Vakil devoni xodimlari yordamida xususiy korxona manfaati himoya qilindi. Sudda litsenziya bekor qilinishi uchun yetarli asos mavjud emas deb topildi.
Natijada Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan korxonaning 2023-yil 13-dekabrdagi litsenziyasini bekor qilish to‘g‘risidagi da’vo arizasi tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qaroriga ko‘ra qanoatlantirishdan rad qilinib, korxonaning litsenziyasi saqlab qolindi”, deyiladi biznes ombudsman xabarida.
Izoh (0)