• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Qashqadaryo

    Qarshi shahri hokimi, prokuror va IIB boshlig‘i tadbirkor ayolga tegishli binoni sud qarorisiz buzdirdi. Biznes ombudsman mansabdorlarga chora ko‘rishni so‘ragan

    Qarshi shahri hokimi Normo‘min Xolboyev boshchiligidagi “uchlik” tadbirkor ayolga tegishli binoni sud qarorisiz buzdirdi. Biznes ombudsman bu bo‘yicha viloyat prokuraturasiga murojaat qilib, mansabdorlar noqonuniy xatti-harakati uchun javob berishi kerakligini so‘radi. “Daryo” mazkur holatni o‘rgandi. 

    “Otchopar” mahallasidagi qarovsiz yer auksionga qo‘yilgach, 5 ta lotni yutib olib, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi tashkil qilgandik. Tadbirkorlikka bemalol, ikkilanmasdan pul tikkanimiz prezidentimizning tadbirkorlarga yaratib berayotgan imkoniyatlari sabab edi. Lekin afsuski, Qarshi shahri hokimi, prokurori va IIB boshlig‘i o‘zboshimchalik bilan men qurgan binoni buzib tashladi, — deydi tadbirkor Nigora Hamidova. 
    Nigora Hamidova.
    Foto: “Daryo”

    Suhbatdoshning aytishicha, u maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasini barpo etish uchun 750 million so‘m mablag‘ sarflagan. 

    Foto: Qarshi shahar hokimligi
    “Yerni auksionda sotib olgach, yengil tipda bino qurishdan avval loyiha-smetasini qildik va bino 750 million so‘mga baholandi. Shundan so‘ng, qurilish ishlarini boshlab, qisqa fursatda tugatdik. Faoliyat boshlashimizga bir hafta qolganda Qarshi shahridagi rahbarlar zo‘ravonlik bilan buzib tashlashdi”, deydi u. 
    Foto: Nigora Hamidova
    Foto: “Daryo”

    Nigora Hamidovaning “Daryo”ga taqdim qilgan hujjatlariga ko‘ra, u yerni auksion savdodan sotib olayotgan paytda faoliyati ko‘chma savdo orqali amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, Qarshi shahar davlat soliq inspeksiyasi talablari qo‘yilgan. Biroq tadbirkor ko‘chma savdo qilish talabini buzgan. 

    Foto: “Daryo”
    “Qurilishimiz bitib, faoliyat yuritishimizga bir hafta qolganda arxitektura, kadastr, hokimiyat va prokuraturadan vakillar kelib, bu yerda qurilish qilmasligim kerakligi, bu binoni buzishim lozimligini tushuntirdi. Shundan so‘ng, men bu ishni qonuniy hal qilishimiz kerakligini, sudga berishsa, noqonuniy ish qilgan bo‘lsam, javob berishimni aytdim. Keyin dalolatnoma tuzishdi va mazkur binoni 15 kun ichida ixtiyoriy buzib tashlashim kerakligini, yo‘qsa sudga berishlari mumkinligi, sud qarori bilan buzilishini aytib, ogohlantirishdi. O‘shanda men haqligim uchun qo‘rqmadim va sudga berishlari mumkinligini bildirdim. Boisi, yer meniki edi, uni auksiondan sotib olgandim. Ammo 15 kunlik muddat o‘tmasdan, 15-fevral kuni Qarshi shahri hokimi, prokurori va IIB boshlig‘i hududga kelib, hech qanday hujjatlarsiz, sud qarorisiz binoni buzishdi”, deydi tadbirkor. 
    Foto: “Daryo”

    Nigora Hamidovaning qo‘shimcha qilishcha, buzish jarayonlari shaxsan Qarshi shahri hokimi Normo‘min Xolboyev boshchiligidagi shahar prokurori, shahar IIB boshlig‘i ishtirokida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan.

    Nigora Hamidova.
    Foto: “Daryo”
    “O‘sha kuni syomka qilganim uchun telefonimni tortib olib, ichidagi videolarni o‘chirishdi. Atrofdagilarga tasvirga olishga ruxsat berilmadi. IIB boshlig‘i esa e’tiroz bildirganimga javoban, kimgadir topshiriq berib, meni qamab qo‘yishni buyurdi. Shahar prokuroriga qonuniy ish qilinishini nazoratga oling, sud qarorisiz binoni buzishga haqqingiz yo‘q deb tushuntirsam-da, meni hech kim eshitmadi. Barcha mol-mulkim, 750 million so‘mlik qurilish materiallarim yo‘q bo‘ldi”, deydi shikoyatchi tadbirkor. 

    Tadbirkorning aytishicha, u xatti-harakatini qonuniy deb bilgan. 

    Foto: “Daryo”
    “Agar ishim noqonuniy bo‘lganda, yerni noqonuniy egallab olib, qurilish qilganimda shuncha ogohlantirishdan so‘ng, o‘zim bilib, aybimni tan olib, buzib olardim. Va qilingan xarajatimga kuymaslik uchun ham o‘zim buzish ishlarini yakunlardim. Hozir mol-mulkim talon-toroj qilindi”, deydi murojaatchi. 
    Foto: Nigora Hamidova

    Tadbirkor u qurgan bino noqonuniy deb buzilganini, ammo bino atrofi o‘ralgan devor esa hamon buzilmaganini aytmoqda.

    “Hokim, prokuror va IIB boshlig‘i buzish ishlarini olib borgach, hozirda yer o‘sha eski holatiga qaytdi. Tashlandiq, tikan bosgan va qarovsiz holatiga. Men qurgan bino noto‘g‘ri ekan, nega bino atrofi o‘ralgan devor hamon buzilmagan? Men qurgan bino ularga xalal beradi-yu, qabristonni yopib turuvchi, tashlandiq joylarni yashirib turuvchi devor kerakmi? Men shu yerda faoliyat yuritib, atrofni yashil makonga aylantirsam, tartibli savdo qilsam nimasi yomon? Hozir shifoxonaga kirish eshigining tagida noqonuniy yoyma savdo avjiga chiqqan. Shahar mas’ullariga shu kerakmidi?”, deydi tadbirkor.

    Qarshi shahar hokimligi axborot xizmatining “Daryo”ga bildirishicha, bu qurilish fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy qurilgan. 

    Foto: Qarshi shahar hokimligi
    “Tadbirkorga kadastr agentligi tomonidan bino qurilishidan oldin ham ogohlantirish berilgan. Qarshi shahar kadastr agentligi tomonidan jarima ham qilingan. Poydevor buzdirilgan, lekin tadbirkor qonunni qasddan buzib yana qurilishni davom ettirgan”, deydi hokim harakatiga izoh bergan Qarshi shahar hokimligi axborot xizmati rahbari. 
    Foto: Qarshi shahar hokimligi

    Tadbirkor Nigora Hamidova endilikda tadbirkor sifatida Qarshi shahrida faoliyat yuritib, biror bir sohaga 100 ming so‘m investitsiya tikishga ham qo‘rqib qolganini, imkoni bo‘lsa xorijga chiqib, tadbirkorligini davom ettirmoqchiligini bayon qilmoqda.

    Foto: Qarshi shahar hokimligi

    Tadbirkor huquqini himoya qilayotgan advokat Oybek Rahimovning ma’lumot berishicha, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligining Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘i sudga taqdimnoma kiritib, 2024-yil 14-fevraldagi bayonnomaga ko‘ra, Nigora Hamidova noqonuniy qurilish olib borgan deya, uni ma’muriy javobgarlikka tortishni so‘raydi. Biroq, sud bu taqdimnomani qanoatlantirishni rad etadi. Mazkur ish bo‘yicha sud davom etmoqda.

    “Daryo” mavzuga qaytadi.

    31.07.2024, 23:20   Izoh (0)   17892
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Daryo” dayjesti: 31-iyulning eng muhim xabarlari 

    31.07.2024, 23:01

    Laboratoriya sinovlari 8 ta oziq-ovqat mahsulotini amaldagi hujjatlarga nomuvofiq deb topdi — Raqobat qo‘mitasi 

    31.07.2024, 22:37

    Jizzaxda qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan ekin yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi 

    31.07.2024, 21:22

    Olimpiadada 7 oylik homilasi bilan ishtirok etayotgan ayol, bir-birini suratga olayotgan olmaxon va qushcha: ijtimoiy tarmoqlarda nima gap? 

    31.07.2024, 21:01

    Buxoroda 433,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi 

    31.07.2024, 20:56

    Navoiy va Andijonda “valyutchiklar” ushlandi 

    31.07.2024, 20:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.