Germaniyaning “Borussiya D” jamoasi muxlislari klubning Rheinmetall bilan hamkorligiga qarshi norozilik namoyishi uyushtirdi.
Bundesliganing ilk turidan o‘rin olgan “Ayntraxt”ga qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limi boshlanishidan oldin muxlislar aksiya o‘tkazgan. Bundan maqsad klub va mudofaa konserni o‘rtasidagi 3 yillik shartnomadan norozilik bildirish bo‘lgan.
Janbiy tribunada tomoshabinlar qoralovchi yozuvlar bilan bannerlarni osib qo‘ygan — “Qonli 20 million — na qadriyat, na vijdon”, “Rheinmetall bilan ahmoqona shartnoma”. Tribunaga chiqish yo‘lida harxiy texnika ishlab chiqaruvchi korxonaga qizil kartochka ko‘rsatish talab qilingan plakatlar osib qo‘yilgan.
Stadion tashqarisida ham kartondan tank yasalgan bo‘lib, unda shunday yozilgan edi: “Dortmund klubining mag‘rur hamkori Rheinmetall tomonidan ishlab chiqarilgan. Qatar uchun ishlab chiqarilgan”. Shuningdek, u yerda korxonaning bosh direktori Armin Pappergerning kartondan yasalgan suratini ham ko‘rish mumkin.
Izoh (0)