Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati uchrashuvlari Zo‘r TV telekanalida namoyish etiladi. Bu haqda, sharhlovchi Xayrulla Xamidov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
![](/static/2024/08/24/LaLiga-Logo-xtEUTxFk.jpg)
Sharhlovchi Davron Fayziyev ham ushbu xabarni tasdiqladi. Avvalroq UEFA superkubogi doirasidan o‘rin olgan “Real”—“Atalanta” uchrashuvi ham aynan shu kanalda namoyish qilingan edi.
Ma’lumot uchun, bugun, 24-avgust kuni “Barselona” o‘z uyida “Atletik” klubini qabul qiladi. Katta ehtimol bilan uchrashuv Zo‘r Tv kanalida namoyish etiladi.
Izoh (0)