Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi futbolchisi Krishtianu Ronalduga YouTube’da bir nechta rekordlarni yangilash uchun bir necha soat kifoya qildi.
Portugaliyalik futbolchi nafaqat futbol maydonida, balki internet olamida ham rekordlar qayd etmoqda.
- Ikki soat ichida Ronalduning kanali 2006-yilda yaratilgan Lionel Messining kanalidan ko‘proq obunachilarni to‘pladi;
- Portugaliyalik futbolchi 22 daqiqada 100 ming obunachiga ega bo‘ldi. (Avvalgi rekord Sidemen guruhiga tegishli. Ular 55 daqiqada bu natijani qayd etgan).
- Kanal 90 daqiqada 1 million obunachiga ega bo‘ldi;
- Kanal 12 soat ichida 10 million obunachiga ega bo'ldi. (Avvalgi rekord — 132 kun);
- Krishtianu Ronaldu 20 million obunachiga eng tez erishgan odamga aylandi. Buning uchun unga bir kundan kamroq vaqt kerak bo‘ldi. (Avvalgi rekord — ikki yil).
Hozirda Ronalduning YouTube’dagi obunachilari soni 32 milliondan oshdi. U bu ko‘rsatkich bilan juda ko‘plab, xususan FIFA tashkilotining rasmiy kanalidan ham o‘tib ketdi.
- Ma’lumot uchun, Mr Beast kanali YouTube’dagi eng ko‘p obunachilarga ega. Hozirda kanalni 311 million kishi kuzatadi.
Izoh (0)