“Sevgi iztirobi” filmi premyerasidan 7 yil o‘tib, turk seriallari yulduzi Burak O‘zchivit va Hazal Filiz Kuchukko‘se Turkiya va Dubay prodyuserlari tomonidan suratga olinadigan yangi filmda ishtirok etadi.
Yulduzlar Dubayning “Mahmul Makful” nomli yangi komediyada suratga tushadi. Filmda mashhur turk aktyorini o‘g‘irlab ketish orzusini amalga oshirish uchun Dubaydan Istanbulga kelgan uch ayolning sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi.
Film rejissyori Karim Abuzayd bo‘lib, Hazal Filiz Kuchukko‘se Dubaydan Istanbulga kelgan o‘g‘ri ayollardan birini o‘ynaydi. Aktrisa bundan avval “Emmi” mukofotiga sazovor bo‘lgan “Sevgi iztirobi” serialida Kemalning singlisi Zaynab obrazini gavdalantirgan edi. Hazal Filiz sentyabr oyida Italiyaning Mediaset nomli mashhur teleradiokompaniyasi tomonidan efirga uzatiladigan “Verissimo” ko‘rsatuvida mehmon bo‘lishi rejalashtirilgan.
“Mahmul Makful” komediyasi Dubayning Alamiya prodyuserlik kompaniyasi va turk prodyuseri Tayfur Aydin bilan hamkorlikda suratga olinadi. Filmda Levent Jan qotil rolini, Meleh O‘zkaya esa bosh qahramon yaqin do‘sti Serkan rolini ijro etadi.
Ayni paytda komediyani suratga olish uchun rejalashtirish ishlari davom etmoqda. Shuningdek, O‘zchivit “Hukmdor Usmon” serialining 6-mavsumi uchun tayyorgarliklar davom etayotgani ma’lum qilgan.
Izoh (0)