Rossiyada mehnat shartnomasi asosida vaqtincha ishlaydigan muhojirlarga oilasini mamlakatga olib kelishi taqiqlanishi mumkin. Leonid Slutskiy boshchiligidagi Rossiya Liberal-demokratik partiyasi (LDP) deputatlari Davlat dumasiga migrantlar oilasining Rossiyaga kirishini cheklashga qaratilgan qonun loyihasini kiritishga tayyorlanmoqda.
Tashabbus asosan Rossiya fuqaroligi yoki mamlakatda doimiy yashash uchun boshqa asoslarga ega bo‘lmagan past malakali migrantlarga tegishli. Yuqori malakali mutaxassislar oilalari uchun istisno qilish rejalashtirilgan.
Slutskiyga ko‘ra, bundan maqsad “ko‘pincha mahalliy urf-odatlar va qoidalarni e’tiborsiz qoldiradigan” izolyatsiya qilingan migrantlar jamiyatlari shakllanishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Shuningdek, u migrantlar oilalari yashaydigan kvartiralarda kommunal to‘lovlarni to‘lash bilan bog‘liq muammolarga e’tibor qaratdi.
Deputatlarning da’vo qilishicha, migrantning oilasi mehnat shartnomalari yoki patentlar asosida Rossiyaga erkin ko‘chib o‘tishi bo‘yicha amaldagi praktika muhojirlarning nazoratsiz oqimiga va ijtimoiy keskinlik kuchayishiga olib keladi. Taklif etilayotgan o‘zgartishlarga ko‘ra, migrantning mehnat shartnomasi yoki patentining mavjudligi uning oila a’zolari Rossiyaga kirishi uchun yetarli asos bo‘lmaydi.
Izoh (2)
Daryo.uz da shunaqa safsata yangilik kopayibdi. Hammasi bir xil matndagi mish mishlar. SAFSATA.UZ
DARYO=MISH MISH