O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev “Daryo” muxbiri bilan suhbatda Superligada faoliyat olib borayotgan futbolchilarning oyliklari haqida ma’lumot berdi.
“Endi faoliyatini boshlayotgan futbolchilar 2—3 million so‘m oylik oladi. Eng yuqori maosh oluvchi futbolchilar 100—150 million so‘m atrofda maosh oladi. Shuni aytishim mumkin. Bu hamma futbolchi shuncha maosh oladi, degani emas. O‘rtacha maosh miqdori Superligada 25—30 millionni tashkil qiladi.
Pro Ligada o‘rtacha oylik 10—15 million atrofida”, dedi PFL bosh direktori.
Suhbat davomida Diyor Imomxo‘jayev Olimpiada yo‘llanmasi uchun berilgan mukofot pulidan norozi bo‘lgan futbolchilarni keskin tanqid qilgan edi.
Izoh (0)