Fransiyada 12 mingdan ortiq uysizlar norozilik namoyishi o‘tkazdi, ammo hukumat ularga e’tibor qaratmadi. Parijdagi XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik tufayli shaharni tark etishga majbur bo‘lgan o‘n ikki mingdan ortiq Fransiya fuqarolari norozilik namoyishi o‘tkazdi.
Bu haqida Haber Global xabar bermoqda.
Ular Emmanuel Makron hukumatiga uy-joy berish talabi bilan murojaat qilgan. Biroq fransuz hukumati ularning chaqiriqlarini e’tiborsiz qoldirdi. Buning o‘rniga politsiya aralashib, namoyishchilarni tarqatib yuborishga harakat qildi.
Namoyishchilar qarshilik ko‘rsata olishmadi va politsiya ularning chodirlarini buzib tashlaganini tomosha qilishga majbur bo‘lishdi.
Izoh (0)