• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    "1C" va "Didox"ga endi "iHamkor" ham qo‘shildi: Asqar Ismailov “Venkon” kompaniyalar guruhining yangi mahsuloti haqida

    Yangi iHamkor.uz xizmatining biznesdagi ahamiyati, bilim va navigatsiyani birlashtirish, mahsulotlarni rivojlantirish rejalari va “Venkon Group” falsafasi haqida kompaniya asoschisi va rahbari Asqar Ismailov OAV vakillariga bergan intervyusida so‘zladi. 

    "Venkon" 1C va Didox kabi IT-xizmatlarni yetkazib beruvchi kompaniya sifatida tanilgan. Yaqinda siz iHamkor.uz xizmatini ishga tushirdingiz. Ijtimoiy tarmoqlarda bu voqea ijobiy qarshi olindi. Uni yaratish g‘oyasi qanday paydo bo‘ldi? iHamkor.uz biznesdagi qaysi "og‘riqlarni" hal qiladi va uning o‘ziga xosligi nimada? 

    Biznesda hamkorlar va raqobatchilarga oid ma’lumotlar haydovchilar uchun yo‘l belgilari kabi muhim. Haydovchi yo’ldagi xavfsizlikni ta’minlash uchun belgilarga tayangani kabi, hamkorlar va raqobatchilar haqidagi ma’lumotlar bozor sharoitlarini tushunishga va strategiyani moslashtirishga yordam beradi. Bu ma’lumotlar oldin ham bor edi, lekin ularni olish qiyin edi. iHamkor.uz yaratish g‘oyasi hamkorlar va raqobatchilar haqidagi soliq va moliyaviy ma’lumotlarga kirishni osonlashtirish zaruratidan kelib chiqqan. Xizmatning o‘ziga xosligi shundaki, u yuridik shaxslar haqidagi rasmiy moliyaviy va soliq ma’lumotlariga ega bo’lishning eng qulay yo’lini ta’minlaydi. 

    Sizning auditoriyangiz kimlar? Xizmat mijozlarga qanday yordam beradi? 

    Bizning auditoriyamiz soliq to’lovchilar va ularning moliyaviy ko‘rsatkichlari haqidagi ishonchli ma’lumotlarga muhtoj bo‘lgan foydalanuvchilarni o‘z ichiga oladi: moliya muassasalari va banklar, investitsiya kompaniyalari va venchur fondlari, auditorlik va yuridik tashkilotlar, shuningdek, oddiy kompaniyalar va davlat muassasalari. iHamkor xizmati tadbirkor va boshqa foydalanuvchilarga o’z ishi davomida to‘g‘ri qarorlar qabul qilish va biznesni boshqarishga yordam beradi, aniq va dolzarb ma’lumotlarni taqdim etib, ishlarni shaffof olib borishga undaydi. 

    Foydalanuvchilar xizmatni Qozog‘istondagi o‘xshash xizmat bilan solishtirgan va ko‘p ma’lumotlarni ochiq manbalardan olish mumkinligini ta’kidlagan. Siz bu vaziyatni qanday izohlaysiz? 

    Tasavvur qiling, sizning biznesingiz - bu italian restoranlaridan biri. Har bir shaharda pitsa yoki pasta kabi taomlarni taklif qiladigan restoranlar mavjud. Lekin har bir restoran o‘zining noyob retsepti va taomni taqdim qilish usullari bilan ajralib turadi, bu har bir restoranni boshqalardan ajratib turadi. Boshqa xizmatlar bilan o‘xshashlik normal holat. iHamkor ishonchli va dolzarb ma’lumotlarni taklif etadi, ular muntazam ravishda yangilanadi. Bu biznes uchun muhim, chunki qarorlar yangi ma’lumotlarga asoslanadi. Shuningdek, biz har bir mijoz uchun shaxsiy qo‘llab-quvvatlash xizmatini taqdim etamiz, ularga xizmatimizdan samarali foydalanishiga yordam beramiz. 

    iHamkor.uz xizmati qanday qilib ma’lumotlarni aniq va aktual qilib saqlaydi va taqdim etadi? 

    Biz ma’lumotlarni saqlamaymiz, balki ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Soliq qo‘mitasidan olamiz. Xizmat Soliq qo‘mitasi bilan davlat-xususiy sheriklik shartnomasi asosidagi hamkorlikda yaratilgan, unda Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar manbayi hisoblanadi.

    Xizmatdan samarali foydalanayotgan mijozlaringiz bormi?

    Maxfiylik shartlariga ko‘ra tafsilotlarni ochib bera olmayman, lekin deyarli barcha banklar mijozlarni skoring qilishda bizning xizmatimizdan foydalanayotganini aytishim mumkin. Sayt faqat 2 hafta oldin ishga tushirilgan bo‘lsa-da, iHamkor.uz ning DAU ko‘rsatkichi allaqachon 3000 foydalanuvchini tashkil qilmoqda. 

    iHamkor.uzning monetizatsiya strategiyasi qanday? 

    Sayt uch turdagi ma’lumotni taklif etadi: "Ochiq ma’lumotlar", "Moliyaviy va soliq ma’lumotlari" hamda "Cheklangan ma’lumotlar". Ochiq ma’lumotlar bepul taqdim etiladi. Qolgan bo‘limlarga kirish uchun foydalanuvchi har bir so‘rov uchun 100 000 so‘mdan to‘lashi kerak. Cheklangan ma’lumotlarni ko‘rish uchun esa ma’lumot egasidan ruxsat olish kerak. Pullik ma’lumotlarni faqat ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar olishi mumkin.

    Sizning ishingizda muhim bo’lgan beshta tamoyilni sanab o’ting.  

    Barcha ish mijozlarga yo‘naltirilgan – biz har doim mijozlarimiz manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yamiz, ularning ishonchini oqlab, ehtiyojlarini qondirishga intilamiz. 
    O‘z ishi uchun javobgarlik – har bir jamoa a’zosi qarorlar va natijalar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan holda, biznes egasi sifatida harakat qilishni qadrlaymiz va uzoq muddatli istiqbolni o‘ylaymiz. 

    Doimiy ixtirolar qilish, izlanish – biz doimo yangi g‘oyalar va innovatsion yechimlarni izlaymiz, mahsulotlarimizni yaxshilaymiz. 

    Faollik – biz tez va qat’iy harakatlarni afzal ko‘ramiz. Shuningdek, doimo o‘rganishga va rivojlanishga intilamiz, yangi bilim va tajribaga ochiqmiz. 

    Ishonch – biz halollik va shaffoflik orqali mijozlarning ishonchini qozonamiz. Mijozlarimiz va hamkorlarimiz bizga ishonadi, chunki biz har doim va’dalarimizni bajarib, ularning manfaatlarini himoya qilamiz. 

    Ish beruvchi sifatida "Venkon Group"ni qanday ta'riflaysiz?

    Bizdagi ko‘pgina yuqori malakali mutaxassislar "Venkon Group"da stajyor (shogird) sifatida faoliyat boshlagan va keyinchalik sohada taniqli mutaxassislarga aylangan. "Venkon Group" kasbiy rivojlanish uchun a’lo sharoitlar va yetarlicha erkinlikni taqdim etadigan kompaniya. Har bir xodim ish jadvali, ish yuklamasi, ish joyi va maqsadlarga erishish usullarini tanlashi mumkin. Biz kompaniya va xodim o‘rtasidagi ixtiyoriy ittifoqqa ishonamiz, bu yerda ikki tomon ham umumiy maqsadlarga intiladi. 

    Soliq qo‘mitasi Jamoatchilik kengashiga a'zolik kompaniyangiz ishiga qanday yordam beradi? 

    Jamoatchilik kengashidagi a’zolik kompaniya ishiga umuman ta’sir qilmaydi. Kengashning asosiy vazifasi Soliq qo‘mitasiga biznes kayfiyatini va biznes bilan o‘zaro aloqalarni yaxshilash uchun obyektiv ma’lumotlarni taqdim etishdir va hech bir kengash a’zosi shaxsiy masalalarni hal qilmaydi. 

    Kompaniya rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari so‘nggi yilda qanday o‘zgardi? 

    Bizning ustuvor yo‘nalishlarimiz o‘zgarmay qoladi: mahsulotlarimiz va xizmatlarimizni tezroq yetkazib berish, arzonlashtirish va mijozlarimizga ko‘proq qiymat berishga intilamiz. 

    iHamkor.uz xizmatini qanday rivojlantirish va yaxshilashni rejalashtiryapsiz? 

    Kelgusida xizmat quyidagi tahliliy ma’lumotlarni taqdim etadi:
     1. Mahsulotlar – narxlar dinamikasi va diapazoni, yuklash geografiyasi va bozor ishtirokchilari.
     2. Belgilangan tovarlar – harakatlar, narxlar va butun zanjir bo‘ylab qoldiqlar.
     3. Bozorlar (sohaviy tahlil) – bozor hajmlari, mijoz segmentlari va xarid qilish modellari, raqobat va iqtisodiy muhit tahlili. 

    Yangi tadbirkorlarga qanday maslahatlar berasiz? 

    Mening tajribamdan kelib chiqqan holda, ko‘plab tadbirkorlar o‘z mijozlarining haqiqiy to‘lov qobiliyatini noto‘g‘ri baholagani va bozor hajmini noto‘g‘ri hisoblagani uchun muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.

    Ular mahsulotining ahamiyatini va zaruratini ortiqcha baholaydilar. Shuning uchun men tadbirkorlik faoliyatini boshlashdan oldin o‘z mahsulotingiz yoki xizmatingizning qiymati va bozor hajmini sinchkovlab baholashni tavsiya qilaman. Buning uchun uchta asosiy savolga javob bering: 

    • "Mening mahsulotim qaysi real "og‘riq"ni hal qiladi va bu qanchalik jiddiy og‘riq?"; 
    • "Mening mijozlarim ushbu mahsulot uchun qancha to‘lashga tayyor?"; 
    • "Korxonamning moliyaviy maqsadlariga erishish uchun mening mahsulotimni sotib oladigan mijozlar yetarlimi?". Bu qadamlar biznesingiz imkoniyatini obyektiv baholashga va muvaffaqiyatsizlikka olib keladigan keng tarqalgan xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka yordam beradi.

    Reklama huquqi asosida

    08.08.2024, 15:00   Izoh (0)   4331
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Butun O‘zbekiston bo‘ylab Futzal bo‘yicha Jahon chempionatining bosh sovrini ishtirokida “Trophy tour” tadbirlari bo‘lib o‘tadi

    08.08.2024, 13:30

    Dubay: Asialuxe Travel bilan gastronomik va madaniy kashfiyotlar

    07.08.2024, 16:30

    8-avgust kuni Toshkentda eng kutilgan loyihaning sotuvi boshlanishi kutilmoqda! 

    07.08.2024, 15:00

    Bir marta ko'rgan afzal: osmono'par Modera Towers  mualliflari majmuani baholashga taklif etadi

    07.08.2024, 13:30

    Mumbay: Uzbekistan Airways bilan “Shantaram” dunyosiga sho‘ng‘ing 

    07.08.2024, 12:00

    Qazish bosqichi narxida qurilgan loyiha: Bobur bog'idagi "Nirvana Residence"da yopiq savdo

    06.08.2024, 13:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57

    Jeyn Birkinga tegishli bo‘lgan birinchi Hermes Birkin sumkasi kimoshdi savdosida 7 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 12 iyul, 08:40

    “Real Madrid” yozda to‘rt futbolchi bilan xayrlashishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 08:10

    “Maktab qurish hokimiyat uchun boshog‘riq” — siyosatshunos Hamid Sodiq

    O‘zbekiston | 12 iyul, 00:34

    “Bo‘lgan ishni ortga qaytarib bo‘lmaydi” — Ulug‘bek Rashitov

    Sport | 11 iyul, 23:36

    Tramp: Rossiyaga “nimadir bo‘ladi”

    Dunyo | 11 iyul, 23:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.