Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda va Toshkent viloyatining ayrim tog‘li hududlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
3—4-avgust kunlari havo harorati asosan kunduz kunlari 34-39 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 40-42 darajagacha bo‘ladi.
Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 2-7 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 8-10 metr/sekundgacha kuchayadi.
Harorat asosan kechalari 24-26 daraja, kunduz kunlari 37-39 daraja bo‘ladi.
Izoh (0)