Ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazm viloyati Shovot tumanida ayol eriga jahl qilib o‘z farzandini urdi” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Mazkur holatni bolalar ombudsmani o‘rganmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 26-iyul kuni 2001-yilda tug‘ilgan B.K. (ayol) shar’iy turmush o‘rtog‘i S.J. bilan tortishib, unga jahl qilib, 2022-yilda tug‘ilgan S.B. (qiz bola) farzandini uxlab yotgan joyida haqoratlab, urgan va tasvirga olib, otasi S.J.ga jo‘natgan.
Hozirda holat yuzasidan Shovot tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)