O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Misr bilan (0:1) o‘yindan so‘ng O‘zbekiston 24 telekanaliga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bunday erta ketish niyatimiz yo‘q edi. Qayerdadir omad, qayerdadir tajriba yetishmadi. Olimpiada tarovatini his qildik. Bemalol, o‘ynasa bo‘ladi. Alamlisi, ikkala o‘yinda ham g‘alaba qozonish imkoni bor edi. Kuchimiz yetardi, kichik epizodlarda xato qildik. Muxlislardan uzr so‘rayman. Ularga katta rahmat”, dedi bosh murabbiy Timur Kapadze.
Ma’lumot uchun C guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy jamoasi Ispaniya (2:1) hamda Misr (1:0) jamoalariga mag‘lubiyatga uchrab, turnirning keyingi bosqichiga yo‘llanma olish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.
Dominikan Respublikasi bilan o‘yindagi natija o‘z ahamiyatini yo‘qotdi.
Guruhda Ispaniya 6 ochko bilan yetakchi, Misr 4 ochko bilan ikkinchi o‘ringa joylashdi. Dominikan Respublikasi 1 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. O‘zbekiston Olimpiyachilari ochko olganicha yo‘q.
Izoh (0)