Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda elektr hisoblagichlar isteʼmolchilardan ortiqcha kilovatt uchun pul olgani qayd etilgan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Energetika vazirligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu xabar mutlaqo noto‘g‘ri.
Ijtimoiy tarmoqlarda elektr hisoblagichlar aholiga ortiqcha isteʼmol va pul hisoblayotganligi to‘g‘risida murojaatlarning har biri Energetika vazirligi hamda tizim tashkilotlari tomonidan alohida nazoratga olinib, har bir murojaat joyiga chiqqan holda mualliflar ishtirokida o‘rganilmoqda.
“Shuni alohida taʼkidlash kerakki, o‘rganishlar jarayonida aholiga ortiqcha isteʼmol va pul hisoblayotganligi aniqlanmagan. Shu o‘rinda ayrim ijtimoiy tarmoq adminlaridan aholi orasida shubha uyg‘otuvchi maʼlumotlarni chiqarmasliklarini so‘ragan holda, bu kabi tasdiqlanmagan xabarlar uchun qonunchilikda javobgarlik borligini eslatib o‘tamiz”, deyiladi xabarda.
Izoh (0)