Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hududidan o‘tuvchi 4R12 Bektemir—Chorbog‘ avtomobil yo‘lining 8-kilometrida 20-iyul kuni soat 14:00 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, haydovchi 1991-yilda tug‘ilgan U.B. boshqaruvidagi BMW avtomashinasi Bektemir—G‘azalkent yo‘nalishida boshqarib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, shu yo‘nalishda yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan Tracker avtomashinasiga urishi natijasida YTH yuz bergan.
Tarmoqlarda tarqalgan videolavhalarda BMW Cobalt’ni quvib o‘tmoqchi bo‘lgan.
YTH oqibatida fuqarolar sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Tracker’da haydovchi va yo‘lovchilar bo‘lmagan. Avtomashinalar texnik shikastlangan.
Holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)