Daryo

Toshkentda “prava”si bo‘lmagan shaxs boshqaruvidagi avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish6 360 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Yangi O‘zbekiston ko‘chasida 16-iyul kuni soat 01:00 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Maʼlum qilinishicha, YTH haydovchi (voyaga yetmagan, haydovchilik guvohnomasiga ega emas) 2007-yilda tug‘ilgan M.T. boshqaruvidagi JAC, haydovchi 1994-yilda tug‘ilgan B.Y. boshqaruvidagi Tracker, haydovchi 2003-yilda tug‘ilgan O.N. boshqaruvidagi Spark avtomashinalari ishtirokida sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. 

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar