Bosh murabbiy Samvel Babayan jamoani tark etgach, “Navbahor”ni tarkibida o‘zgarishlar bo‘lmoqda.
Klub matbuot xizmati O‘zbekiston terma jamoasining sobiq a’zosi Aleksandr Lobanov Namangan klubini tark etganini e’lon qildi.
Lobanov “Navbahor” tarkibiga joriy mavsum arafasida qo‘shilgandi. “Lochinlar” safidagi faoliyati davomida u O‘zbekiston kubogi bahslarida bitta o‘yinda maydonga tushdi. Superliga o‘yinlarining birortasida ishtirok etmadi.
Avvalroq Namangan klubi Asadbek Sobirjonov va Shodiyor Shodibekov bilan ham xayrlashgandi.
Jamoani yana bir darvozabon O‘tkir Yusupov ham tark etishi mumkin. Unga Eron klubida taklif tushgan.
Izoh (0)