Nodir Ganiyev O‘zbekistonning Fransiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Yangi elchi shu kunga qadar dastlab O‘zbekistonning Shvetsiyadagi muvaqqat ishlar vakili, 2023-yil oktyabr oyidan esa birinchi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlagan.
Nodir Ganiyev 52 yoshda. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning sharqshunoslik fakultetini bitirgan. 1994-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. U Markaziy apparatda va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlagan.
Shvetsiyaga tayinlanishidan oldin TIVning Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan.
Nodir Ganiyev Parijda 2018-2023-yillarda O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan va Hindistondagi elchi etib tayinlangan Sardor Rustamboyev o‘rniga tayinlandi.
Izoh (0)