2024-yil 20-iyul kuni o‘zbek tomoshabinlariga “Beqaror” seriali orqali tanish bo‘lgan mashhur turk aktyori Akin Akino‘zuning onasi O‘zlem Akino‘zu saraton sabab vafot etdi. U atigi 59 yoshda edi.
Fojiali xabarni eshitgan turkiyalik aktyorning muxlislari unga hamdardlik bildirishmoqda. Kuni kecha Akin Akino‘zuning o‘zi ijtimoiy tarmoqlarda post e’lon qilib, vafot etgan onasiga murojaat qildi.
“Men ishonchimni yo‘qotdim, shartsiz sevgimni yo‘qotdim. Beg‘uborligimni yo‘qotdim. Umidimni yo‘qotdim. Maqsadimni yo‘qotdim. Yo‘limni yo‘qotdim. Kurashish uchun irodamni yo‘qotdim. O‘tmishimni yo‘qotdim. Orzularimni yo‘qotdim. Uyimni yo‘qotdim. Qahramonimni yo‘qotdim. Bolaligimni yo‘qotdim. Farishtamni yo‘qotdim. Birinchi haqiqiy muhabbatimni yo‘qotdim. Sizni yo‘qotganim uchun... Bundan buyon men uchun hayot doim achchiq va bir kam bo‘lib qoladi... Faqat sizga bo‘lgan cheksiz sog‘inch qoladi. O‘g‘lingiz”, degan aktyor postida.
Avvalroq Akin Akinozu ota-onasi hayotidagi eng yaqin odamlari ekanligini bir necha bor aytgandi. Aktyor, ayniqsa, onasi bilan juda yaqin bo‘lgan. Onasining o‘limi unga haqiqiy zarba bo‘ldi.
Izoh (0)