Jamol Nosirov Buxoro viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/07/10/photo_2024-07-10_09-18-07-a_I11aPB.jpg)
Buxoro shahriga 2021-yildan boshlab 3 yil hokimlik qilgan Nosirov may oyida sog‘lig‘i yomonlashgani sabab o‘z arizasi bilan lavozimidan ozod qilingandi. Uning o‘rniga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Issiqlik taʼminotini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Qurbon Tursunov Buxoro shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangandi.
Jamol Nosirov 1985-yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan. 2005-yilda Buxoro davlat universitetini va 2008-yilda ushbu universitetning magistraturasini tamomlagan.
U Buxoro shahriga hokimlik qilishidan avval madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari va Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2015—2017-yillarda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan.
Izoh (0)