Ma’rufxon Xo‘jayev “Hududgazta’minot” AJ boshqaruv raisi etib tayinlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Tayinlovga qadar u 2023-yilning avgustidan buyon Andijon viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi. Undan avval transport prokurori birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
“Hududgaztaminot”ga 2019-yilning iyulidan Bahodir Eshmuratov rahbarlik qilib kelayotgandi. Uning qanday lavozimni egallagani hozircha rasman e’lon qilinmadi.
Izoh (0)