Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida gaz taʼminoti bo‘limi bosh muhandisi pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/07/10/photo_2024-07-09_20-57-46-2HuyiSdi.jpg)
Ma’lum qilinishicha, “O‘rtachirchiq tumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi bosh muhandisi S.S. tumandagi non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish sexini gaz tarmog‘iga ulashga ruxsat berish hamda elektron hisoblagich o‘rnatish evaziga 8 500 dollar miqdoridagi pullarni pora tariqasida olgan vaqtda ushlangan.
![](/static/2024/07/10/photo_2024-07-09_20-47-16-uEbClVrJ.jpg)
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman gaz taʼminoti korxonasi bosh muhandisi protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)