Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Fuzuliy shahri aeroportida oliy martabali mehmonni Ozarbayjon bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ertaga, 6-iyul kuni O‘zbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi.
Izoh (0)